160
Kredit
19903 – «Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar»
Agar qayta sanash kassasida qayta
sanash vaqtida naqd pul mab-
lag„larining
ortiqcha ekanligi aniqlansa, belgilangan
tartibda dalolat-
noma tuzilib, quyidagi buxgalteriya o„tkazmasi bajariladi:
Debet
10101 – «Aylanma kassadagi naqd pullar»
Kredit
29816 – «Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar»
Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan
ortiqcha naqd pul
mablag„lari ushbu bank mijoziga tegishli bo„lsa,
u mijozning hisobva-
rag„iga quyidagi buxgalteriya o„tkazmasi orqali kirim qilinadi:
Debet
29816 – «Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar»
Kredit
20200
– «Hisobvaraq nomi?» (Har bir mulkchilik shak-
li bo„yicha alohida eslab ko„ring).
Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul
mablag„lari boshqa bank mijoziga tegishli bo„lsa,
shartnomaga asosan
29804 – «Boshqa bank mijoz larining inkasso qilingan pul tushumlari va
cheklari» hisobvarag„iga orqali boshqa bankka o„tkazib beriladi.
Qayta sanash kassasida naqd pullar
sanalganda kamomad aniqla-
nishi mumkin. Agar qayta sanash kassasida naqd pul mablag„lari kam
chiqqanligi aniqlansa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, quyidagi
buxgalteriya o„tkazmasi amalga oshiriladi:
Dostları ilə paylaş: