243
n) tekshiruvlarni o„tkazish va hujjatli taftish qilish tartibini;
o) buxgalteriya hisobi bo„yicha kompyuter dasturlari, buxgalteriya hisobi va
moliyani boshqarish sohasida zamonaviy ma‟lumotlar va
axborot tizimini;
p) buxgalteriya hujjatlarini saqlash va axborotlarni himoya qilish tartibini;
r) mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish tartibi va me‟yorlarini;
t) ishlab chiqarish texnologiyasining o„ziga xos xususiyatlarini;
u) buxgalteriya hisobini tashkil qilishning ilg„or milliy va xorij tajribalarini.
10.
Bosh buxgalter zimmasiga pul mablag„lari
va moddiy qimmatliklar
uchun bevosita moddiy javobgarlik bilan bog„liq vazifalar, shuningdek bank rah-
bari vaqtincha ishda bo„lmagan vaqtda uning vazifalarini bajarib turish yuklatilishi
mumkin emas. Bosh buxgalterga bevosita cheklar va boshqa hujjatlar asosida bank
uchun mablag„ va tovar-moddiy qimmatliklarni qabul qilish taqiqlanadi.
11.
Bosh buxgalter vaqtincha ishda bo„lmagan vaqtda (xizmat safari, ta‟til,
kasallik va shu kabilar) bosh buxgalterning huquq va majburiyatlari uning o„rinbo-
sariga, o„rinbosar ham ishda bo„lmagan taqdirda, bank rahbarining alohida buyru-
g„i asosida boshqa mansabdor shaxsga yuklatiladi.
12.
O„zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va O„zbekiston Respubli-
kasining “Banklar va bank faoliyati to„g„risida”gi Qonunining 20-moddasiga mu-
vofiq, bank xizmatchisi bank Boshqaruvining roziligiga ko„ra boshqa joyda o„rin-
doshlik asosida ishlashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: