Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


III. Bosh buxgalter lavozimga tayinlanayotganda va lavozimidan ozod



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

III. Bosh buxgalter lavozimga tayinlanayotganda va lavozimidan ozod 
qilinayotganda qabul qilish-topshirish jarayonini amalga oshirish 
 
13.
Bosh buxgalter lavozimga tayinlanayotgan va lavozimidan ozod qilina-
yotganda buxgalteriya hisobi va hisobotining ahvoli tekshirilib, bank rahbari to-
monidan tasdiqlanganidan keyin bo„linmalarni qabul qilish-topshirish jarayoni da-
lolatnoma (dalolatnomaning namunaviy sxemasi mazkur Nizomning 1-ilovasida 
berilgan) bilan rasmiylashtiriladi. 
Dalolatnomani qabul qiluvchi va topshiruvchi bosh buxgalterlar hamda bank 
rahbari va Bosh bank vakili (agar, bu jarayonda buyruq bo„yicha Bosh bank vakili 
qatnashgan bo„lsa) tomonidan imzolanadi. 
14.
Dalolatnomada qayd etilgan har bir ma‟lumot tegishli hujjatlar va dalil-
lar bilan tasdiqlanishi lozim. Bank kassasidagi naqd pullar albatta to„la taftishdan 
o„tkazilgan bo„lishi shart. Boshqa bo„limlarda qonunbuzarlikka yo„l qo„yilgan hol-
lar aniqlansa qabul qiluvchi bosh buxgalter ichki hujjatlashtirilgan nazorat (ichki 
audit) o„tkazishni talab qilishga haqli. 
Agar, topshiruvchi bosh buxgalter dalolatnomada qayd etilgan ayrim ma‟lu-
motlariga rozi bo„lmasa, dalolatnomani imzolashda ularga nisbatan asoslangan 
izohlar berishga haqli va dalolatnomaning munozarali qismi bo„yicha o„zining yozma 
xulosasini berishi shart. Ushbu yozma xulosa dalolatnomaga boshqa daliliy hujjat-
lar sifatida tikib qo„yiladi. 
15.
Dalolatnoma Bosh banki mavjud bo„lgan filiallarda uch nusxada tuziladi 
va bank filiali rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Dalolatnomaning 1-nusxasi qabul 


244 
qiluvchiga, 2-nusxasi topshiruvchiga va 3-nusxasi Bosh bankning Buxgalteriya hi-
sobi departamentiga taqdim qilinadi. Bosh banki mavjud bo„lmagan banklarda da-
lolatnoma ikki nusxada tuziladi va uning 1-nusxasi qabul qiluvchiga, 2-nusxasi 
topshiruvchiga taqdim qilinadi. 
16.
Qabul qilish va topshirish bank (filial) rahbari buyrug„i bilan amalga 
oshiriladi. Buyruqda qabul qilish va topshirish muddatlari ko„rsatilgan bo„lishi lo-
zim. Shuningdek, yangi ishga qabul qilingan bosh buxgalter tomonidan uning va-
kolatiga kiruvchi pul hisob-kitob hujjatlarini imzolash huquqi rasmiylashtiriladi. 
Imzolash huquqi rasmiylashtirilgunga qadar ushbu hujjatlar topshiruvchi bosh 
buxgalter tomonidan yangi qabul qiluvchi bosh buxgalter nazoratida imzolanadi. 
Shundan so„ng, qabul qiluvchi bosh buxgalter buxgalteriyaning joriy ishlari-
ga rahbarlik qiladi, buxgalteriya ishlarini tasdiqlangan hisob siyosatiga mos yuriti-
lishi, hujjatlar rasmiylashtirilish va aylanishi, moliyaviy hisobotlarni tuzish, soliq-
larni to„lash holati ustidan o„z nazoratini o„rnatadi.
17.
Agar, ishlab turgan bosh buxgalter vafot etgan yoki boshqa sabablarga 
ko„ra qabul qilish-topshirish jarayonida ishtirok eta olmasa, qabul qilish-topshirish 
daloatnomasi bank rahbari va ishni yangi qabul qiluvchi bosh buxgalter tomonidan 
ushbu Nizomda belgilangan tartibda tuziladi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin