254
2.2.2. Bankda o„rnatilgan ish tartibiga, to„lov hujjatlarini to„ldirish va taq-
dim qilish jarayoniga rioya qilish. O„zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
harakatda bo„lgan qo„llanmalari va boshqa rejalashtirish hujjatlar talabiga rioya
qilish.
2.2.3. Yilning har choragida mijozning naqd mablag„larga ehtiyojini aniq-
lashga imkon beradigan qoida-tartib bo„yicha uch oylikning dastlabki oyi ___ kun-
gacha bo„lajak rejalar bo„yicha buyurtma taqdim etish.
2.2.4. Bank xazinasidan naqd pul olish oldidan bankka pul chekini taqdim etish.
2.2.5. Mazkur shartnomaning 4-bandida ko„rsatilgan tartib bo„yicha hisob-
kitob-kassa xizmati to„lovlari bankga o„tkazish.
2.2.6. O„z hisob raqami bo„yicha tasdiq qog„ozlari olingan kundan boshlab 2
ish kuni davomida (yoki o„z hisob raqami holati bo„yicha qabul qilingan axborot-
nomadan so„ng) hisob raqamiga tushgan begona mablag„lar haqida bankka ma‟lu-
mot berish.
2.2.7. Boshqa davlatlar subyektlari, shuningdek, zarur bo„lganda eksport va
import operatsiyalari bo„yicha tegishli hujjatlarni bank talabiga muvofiq tayyorlab
taqdim etish.
2.2.8. Mazkur shartnoma kuchga ega bo„lgan davr mobaynida hisob raqamida
____________ so„m mablag„ bo„lishini ta‟minlash.
Dostları ilə paylaş: