91
marta mahsulotning amalda jo„natilishi yoki xizmatlar ko„rsatilishi
asosida o„tgan davri uchun qiyoslashni bajarish va shartnomada belgi-
langan tartibda qayta hisob-kitob qilishlari lozim. Aniqlangan farqlar
alohida topshiriqnoma bilan o„tkazilishi yoki navbatdagi to„lovda hisob-
ga olinishi mumkin. O„zaro qarzlar eng kam miqdorda bo„lishi
uchun
hisob-kitoblarga oyning oxirida aniqlik kiritish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi kunda respublikamizda banklar orqali o„tkazilayotgan bar-
cha to„lovlarning 70 foizi atrofida to„lov topshiriqnomalari
yordamida
amalga oshirilmoqda, bu uning afzalliklari bilan bog„liq.
Bu afzalliklar quyidagilardan iboratdir:
– birinchidan, hujjatlar aylanishining oddiyligi va tezligi, ya‟ni hi-
sob-kitoblarni amalga oshirishning texnik jihatdan qulayligi. Bu esa o„z
navbatida xo„jalik yurituvchi subyektlar va bank xodimlarining mehnat
sarfini
kamaytiradi;
– ikkinchi, pul mablag„lari harakatining tezligi, ya‟ni to„lov talab-
nomasiga nisbatan to„lov topshiriqnomasi bo„yicha hisob-kitoblarda huj-
jatlarning aylanishi harakati qisqaligi so„zsiz xo„jalik aylanma mablag„-
larining aylanish tezligini oshiradi;
– uchinchidan, tovar sotib oluvchining qabul qilgan tovarlari yoki
xizmatlar sifatini oldindan aniqlab olinishi. Hisob-kitoblarning bu shak-
lida to„lov talabnomasi orqali hisob-kitoblarda bo„lgani kabi bankka rad-
diya arizasi topshirilmaydi, chunki to„lovchining o„zi to„lovni to„lashga
rozi bo„lsa, topshiriqnomani bankka topshiradi;
– to„rtinchidan, to„lov topshiriqnomasining barcha tovarsiz ope-
ratsiyalarda qo„llanilishi ushbu shakl bo„yicha
hisob-kitoblarning aha-
miyatini yanada yaqqol aks ettiradi.
To„lov topshiriqnomasi bo„yicha hisob-kitoblarning afzalliklari bi-
lan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Kamchiliklar shundan iborat-
ki, mol jo„natuvchi yoki xizmat ko„rsatuvchi korxona uchun to„lovning
o„z vaqtida o„tkazilishi to„la kafolatlanmagan. Chunki to„lovning o„z
vaqtida o„tkazilishi to„lovchi korxonaning depozit hisobvarag„idagi
mablag„lar miqdoriga bog„liq. To„lovning to„liq o„tkazilishiga yetarli
pul mablag„larining bo„lmasligi pul aylanishini sekinlashtiradi va mah-
sulot jo„natuvchi yoki xizmat ko„rsatuvchi korxonaning moliyaviy hola-
tini yomonlashtiradi.
Lekin ko„rsatilgan kamchilik to„lov topshiriqnomasi bo„yicha hi-
sob-kitoblarning naqd pulsiz hisob-kitoblarning boshqa shakllari oldida-
gi ahamiyatini kamaytirmaydi. Aksincha, hozirgi davrda xo„jalik sub-
92
yektlari o„rtasida to„lov topshiriqnomalarining qo„llanilish doirasi yana-
da kengayib bormoqda, chunki oldingi yillarda to„lov topshiriqnomalari
bo„yicha to„lovlar faqat mahsulot jo„natilgandan va xizmatlar ko„rsatil-
gandan keyingina amalga oshirilar edi.
Bunday holat bozor munosa-
batlari sharoitida o„zini oqlamaydi, debetor va kreditor qarzdorliklarning
oshib ketishiga olib keladi, bu esa o„z navbatida iqtisodiyotda qarzdorlik
zanjirini keltirib chiqaradi.
Yuqorida ko„rsatilgan muammolarning oldini olish maqsadida
hukumatimiz tomonidan bir qator mexanizmlar ishlab chiqildi, qaror va
farmoyishlar qabul qilindi. Dastlab 1995-yil 5-mayda O„zbekiston Res-
publikasi Prezidentining “Korxona va tashkilotlar rahbarlarining xalq
xo„jaligidagi hisob-kitoblarni o„z vaqtida o„tkazishni ta‟minlash bo„yi-
cha javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi 154-sonli Far-
moni e‟lon qilindi. Farmonga muvofiq, mulk shaklidan qat‟iy nazar har
bir xo„jalik subyekti agar mol oluvchi korxona bo„lsa, u albatta o„sha
mol qiymatining kamida 15 foizi summasini oldindan to„lashi talab
etiladi. Tabiiyki, bu to„lov topshiriqnomasi asosida amalga oshiriladi.
Oldindan to„lov o„tkazish ilgari yoqilg„i-moylash
mahsulotlari va
boshqa ba‟zi hollarda Davlat bankining ruxsati bilan amalga oshirilar
edi. Lekin hozirgi paytda xo„jaliklar o„zlari o„zaro xo„jalik shartnoma-
lari orqali 100 foizli yoki undan kam miqdorda bo„lgan oldindan to„lov-
lar o„tkazishni kelishib oladilar. Yuqorida ko„rsatilgan mexanizm esa to-
monlar o„rtasida shartnomada ko„rsatilgan majburiyatlarning bajarilishi
ustidan nazorat o„rnatishga yordam beradi. 15 foizdandan kam bo„lma-
gan avanslangan to„lovlarning o„tkazilish majburiyligi, bank bunday to„-
lovlar ustidan doimo nazorat olib borishi haqida O„zbekiston
Respubli-
kasi Prezidentining yana bir “Hisob-kitoblar tizimi hamda to„lov intizo-
mini mustahkamlash chora-tadbirlari to„g„risida”gi 1996-yil 24-yanvar-
dagi Farmoni chiqarildi. Farmonda korxona va tashkilotlar tomonidan
bankka topshiriladigan to„lov topshiriqnomasida qat‟iy ravishda shart-
noma nomeri, to„lov tartibi, 15 foizdan kam bo„lmagan avans to„lovi
miqdori ko„rsatilishi shart qilib belgilandi. Demak, naqd pulsiz hisob-
kitoblarning qaysi shaklidan foydalanishdan qat‟iy nazar, xo„jaliklar
avvalo to„lov summasining 15 foizdan kam bo„lmagan miqdorini to„lov
oluvchi korxona hisobvarag„iga aynan to„lov topshirig„i yordamida
o„tkazadilar. Bu esa to„lov topshirig„i iqtisodiyotning hamma sohalarini
qamrab olayotganidan dalolat beradi. Umuman, xalq xo„jaligida xususiy
sektorning o„rni kengayib borgan sari kichik va boshqa xususiy
93
korxonalar sonining oshishi to„lov topshiriqnomalari bo„yicha hisob-
kitoblar hajmining kengayishiga yo„l ochib beradi.
Dostları ilə paylaş: