Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi
Yuqorida to„lov talabnomalari bo„yicha hisob-kitoblarda huj- jatlar aylanishi qanday tartibda amalga oshirilishini mustaqil ra- vishda chizib ko„rishni tavsiya qilgan edik. Bu sizning naqd pulsiz
102
hisob-kitoblarning ushbu shaklini qanday o„zlashtirganingizni yaq- qol ko„rsatadi. Endi o„zingiz chizgan sxema bilan quyida keltirilgan umumiy sxemani solishtirib ko„ring. 2-sxema.
To„lov talabnomalari bo„yicha hisob-kitoblarda hujjatlarning aylanish sxemasi Hisob markazi
9 8
10 Mahsulot jo„natuvchi
korxona banki
_______4_______
7 Mahsulot oluvchi
korxona banki
|
3 |11
|
5
|
6
|
Mahsulot jo„na-
tuvchi korxona
________1________
________2_________
Mahsulot oluvchi
korxona
1. Mahsulot jo„natuvchi korxona bilan mahsulot oluvchi korxona
o„rtasida xo„jalik shartnomasi tuziladi.
2. Mahsulot jo„natuvchi korxona mahsulot oluvchi korxonaga to-
var jo„natadi.
3. Mahsulot jo„natuvchi korxona o„ziga xizmat ko„rsatuvchi bank
bo„limiga to„lov talabnomasi va tovar-trasport hujjatlarini taqdim qiladi.
4. Mahsulot jo„natuvchi korxona banki mahsulot oluvchi korxona
bankiga pochta yoki kuryerlar orqali hujjatlarni jo„natadi.
5. Mahsulot oluvchi korxona banki kelib tushgan to„lov talabno-
masini akseptlash uchun mahsulot oluvchi korxonaga beradi.
6.Korxona o„z bankiga akseptlangan talabnomani taqdim etadi.
7.Mahsulot oluvchi korxona banki talabnomada ko„rsatilgan sum-
mani to„lovchi korxona hisobvarag„idan chegirib, talabnoma bo„yicha
to„lovni amalga oshiradi.
8. Mahsulot oluvchi korxona banki Hisob Markaziga to„langan
elektron to„lov talabnomasini modem orqali jo„natadi.
9. Hisob Markazi elektron to„lov tizimi orqali to„langan talabno-
mani mahsulot sotuvchi korxona bankiga o„tkazadi. (Hisob Markazida
bo„ladigan operatsiyalar boshqa mavzuda batafsil ko„rilishi sababli u
yerda Hisob Markazida bajariladigan ishlar batafsil yoritilmadi).
10. Mahsulot sotuvchi korxona banki talabnoma summasini mah-
sulot sotuvchi korxonaning hisobvarag„iga o„tkazadi.
103
11. To„lovning kelib tushganligini xabar qilish uchun kompyuterda
chiqarilgan elektron to„lov talabnomasining ikkinchi nusxasini hisobva-
rag„dan ko„chirma bilan birgalikda mahsulot sotuvchi korxonaga topshiradi.