Agar to„lovchi korxona xu- susiy korxona bo„lsa, qaysi hisobvaraq debetlanadi? Agar korxona chet el kapitali ishtirokidagi korxona bo„lsa-chi? Yuqoridagi balans ichidagi buxgalteriya yozuvini bajarishdan
avval hujjat 2-kartoteka hisobidan chiqariladi, bu operatsiya quyidagi
buxgalteriya yozuvi asosida amalga oshiriladi:
99
Debet 96321 “Muddatida to„lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo„yi-
cha kontr. hisobvaraq”
Kredit 90963
“Bu hisobvaraq nomini hisobvaraqlar rejasidan qidirib toping va yodlab oling” Bank 2-kartotekadagi muddati o„tkazib yuborilgan hisob-kitob
hujjatlari bo„yicha to„lovlarni amalga oshirishda to„lovchilardan penya
undirish va oluvchilar foydasiga o„tkazish huquqiga ega, agar bu bank
va mijoz o„rtasida tuzilgan shartnomada kelishilgan bo„lsa. Bank
to„lovchilardan mablag„larni oluvchilar foydasiga muddati o„tkazib
yuborilgan to„lovlar bo„yicha muddati o„tkazib yuborilgan har bir kun
uchun qonunda belgilangan miqdorda penya undiradi. Muddati o„tkazib
yuborilgan kunlarni belgilashda kalendar kunlar hisobga olinadi. Undi-
rilgan penya muddati o„tkazib yuborilgan to„lovning asosiy summasi
bilan to„lovchining hisobvarag„idan hisobdan chiqaziladi va mahsulot
yetkazib beruvchining bankiga elektron to„lovlar tizimi orqali o„tkaziladi.
Ba‟zi vaqtlarda to„lov talabnomasini to„lash uchun to„lovchi kor-
xonaning roziligi, ya‟ni akseptlashi talab etilmaydi. To„lovchilarning
hisobvaraqlaridan mablag„larni akseptlamasdan hisobdan chiqarish
tomonlar o„rtasida tuzilgan shartnomaga asosan kommunal xizmat, tele-
fon, kanalizatsiya, pochta-telegraf xarajatlari hamda tashilgan musor
uchun amalga oshiriladi. Kommunal xizmatlar uchun to„lovlar va o„l-
chov asboblari gaz, suv, issiqlik va elektr-energiyasi uchun hisoblanadi.
Bunday akseptsiz to„lovlarni amalga oshirish uchun bankka taqdim
qilingan to„lov talabnomaning yuqori qismiga “akseptsiz” hamda “hi-
soblash asboblari asosida” degan so„zlari ko„rsatib o„tilgan bo„lishi lo-
zim. Ushbu yozuvlar bo„lmagan taqdirda talabnomalar umumiy asosda
akseptlanadi va to„lanadi.
Talabnomada ma‟lum to„lovlarni akseptlamasdan hisobdan chiqa-
rish huquqiga ega bo„lgan qonuniy hujjat yoki shartnomaning sanasi,
nomeri va to„lovning maqsadi ko„rsatilishi shart. Bunda bank ilova
qilingan hujjatlarning talabnomada ko„rsatilgan ularning rekvizitlariga
mosligini tekshirib ko„radi.
Bank operatsion kuni kelib tushgan akseptsiz to„lanadigan talabno-
malar shu kunning o„zida to„lanadi. To„lovchi korxonaning depozit hi-
sobvarag„ida talabnomani to„lash uchun mablag„lar yo„qligi yoki kam-
ligi aniqlansa hamda ularni to„lashi uchun bank kreditini berish imko-
niyati bo„lmaganda to„lanmagan summa “O„z muddatida to„lanmagan
100
hisob-kitob hujjatlari” kartotekasi bo„yicha alohida hisobvaraqqa
o„tkaziladi, talabnomaning o„zi esa 2-kartotekaga joylashtiriladi.