101
larga ega. To„lov talabnomalari bilan hisob-kitoblarnig afzalliklari quyi-
dagilardan iborat:
1)
Mahsulot sotuvchi bilan mahsulot oluvchi tomonlar bir-birini
o„zaro nazorat qilishga qulay.
2)
Mahsulot oluvchiga tovarni jo„natish kechiktirilmaydi.
3)
Mol jo„natuvchi bilan hisob-kitob qilish uchun mahsulot oluv-
chining mablag„ini alohida hisobvaraqda deponent qilib qo„yish talab
etilmaydi, ya‟ni to„lovchining mablag„lari biror muddatga aylanmadan
tashqariga chiqib ketmaydi.
4)
To„lovchiga taqdim etilgan hujjatlar asosida mol yetkazib be-
ruvchining shartnoma shartlari qay darajada bajarilishini tekshirish hu-
quqi beriladi, shu bilan birga shartnoma shartlaridan biri buzilgan holda
to„lov to„lashdan bosh tortish huquqiga ega bo„ladi.
5)
Mol oluvchi hisobvarag„idan akseptsiz talabnomalar bo„yicha
mablag„larning majburiy olinishi mahsulot yetkazib beruvchi yoki xiz-
mat ko„rsatgan tomon manfaatlariga mos keladi.
To„lov talabnomasi bo„yicha hisob-kitoblarning kamchiliklari
quyidagilar:
1. Mahsulot sotuvchi korxonaga to„lovning o„z vaqtida o„tkazili-
shi kafolatlamaydi.
2. To„lov o„tkazilishi bilan tovar jo„natilishi vaqtining bir-biriga
mos kelmasligi.
3. Omborxona bilan bog„liq muammolarning yuzaga kelishi mumkinligi.
4. To„lov talabnomasi bo„yicha hisob-kitoblarda hujjatlar aylani-
shi to„lov topshirig„iga nisbatan uzoqroq davom etishi.
Umuman, to„lov talabnomasi bo„yicha hisob-kitoblarning ishlatili-
shi ko„p hollarda 2-kartotekadan o„z vaqtida to„lanmagan to„lov talabno-
malarning ko„payishiga sharoit yaratadi, chunki talabnoma bankka
to„lov uchun kelib tushgan vaqtda to„lovchining hisobvarag„idan har
doim ham to„lovni amalga oshirish uchun yetarli pul mablag„lari bo„l-
maydi. Kartotekaga qo„yilgan har bir to„lov talabnomasi respublika
iqtisodiyotida debitorlik va kreditorlik qarzlarining oshganligidan dalo-
lat beradi. Shu sababli, respublika banklari o„z mijozlarining kartoteka-
dagi hujjatlari va ularni to„lash bo„yicha qanday ishlar olib borilayot-
ganini nazorat qilib turadilar.
Dostları ilə paylaş: