Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


a) Emitent bankida akkreditivning ochilishi



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

a) Emitent bankida akkreditivning ochilishi. 
Akkreditiv faqat bir ta‟minotchi bilan hisob-kitob qilishga mo„ljal-
langan bo„lishi mumkin. Akkreditivning muddati va hisob-kitob qilish 
tartibi tomonlar o„rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi. 
Shartnomada: 
– emitent-bankning nomi; 
– akkreditiv turi, uni bajarish muddati va bajarish usullari; 
– mol yetkazib beruvchining akkreditiv bo„yicha mablag„ olishi 
uchun taqdim qilinadigan hujjatlar ro„yxati va ularning aniq tavsifi; 
– tovarlarni jo„natgandan keyin hujjatlarni taqdim qilish muddati; 
– mol yetkazib beruvchi va oluvchi tomonlar nomi, ularning 
yuridik adreslari; 
– bajaruvchi bank nomi va boshqalar ko„rsatiladi. 
Akkreditiv ochish uchun xaridor o„z bankiga – bank emitentga 
akkreditivlarni ochish to„g„risidagi arizani 2 nusxada taqdim etadi. Ari-


105 
zada akkreditiv ochish uchun asos bo„lgan shartnoma raqami, akkredi-
tivning amal qilish muddati, akkreditivni bajaradigan bankning nomi, 
akkreditiv ijro etiladigan joy, akkreditiv turi, akkreditiv bo„yicha haq 
to„lanadigan hujjatlarning to„liq va aniq nomi, rasmiylashtirish tartibi, 
akkreditiv bo„yicha to„lash usuli va boshqa kerakli rekvizitlar ko„rsatiladi.
Bankda ushbu korxonaga xizmat ko„rsatuvchi mas‟ul ijrochi 
akkreditiv ochish haqidagi arizani olib, uning to„g„ri va to„liq rasmiy-
lashtirilganligi, barcha kerakli rekvizitlarning mavjudligini tekshirib ko„-
radi. Shundan so„ng qabul qilingan akkreditiv ochish haqidagi arizaning 
birinchi nusxasiga o„z imzosini, bankning to„rtburchak muhr izi, arizani 
qabul qilish sanasi va to„lov o„tkazilgan sanani qo„yadi. Arizaning birin-
chi nusxasida ko„rsatilgan barcha rekvizitlar kompyuterga kiritib elektron 
to„lovlar tizimi yordamida to„langan summani Markaziy bankning Hisob 
markazi orqali mahsulot jo„natuvchi korxona bankiga, ya‟ni bajaruvchi 
bankka jo„natiladi. Xaridorning hisobvarag„idan to„lovni o„tkazish bo„yi-
cha operatsiyalar quyidagi buxgalteriya yozuvlari orqali amalga oshiriladi: 
Debet “Mahsulot oluvchi korxonaning depozit hisobvarag„i” 
Kredit “Emitent bankning vakillik hisobvarag„i” 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin