..............? “Mijozlarning akkreditivlar bo„yicha depozitlari”
(
Hisobvaraq nomerini mustaqil yozing va esda saqlang). Kredit 20200 “Mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depo-
zitlar” hisobvarag„i.
Mijozlarning qaysi mulkchilik shakliga asoslanganligiga qarab
20200 hisobvaraqning tegishli yordamchi (subschyot) hisobvaraq no-
meri olinadi.
Mablag„larini qabul qiluvchi korxonani turli mulkchi- lik shakliga tegishli deb faraz qilib, har biri bo„yicha alohida bux- galteriya provodkalarini yozing va hisobvaraqlar rejasidan hisob- varaq nomerlarining to„g„riligini tekshirib ko„ring. Shunday qilib, akkreditiv mahsulot yetkazib beruvchi korxonaga
xizmat qiluvchi bankda quyidagicha yopiladi:
a) akkreditiv muddati tugagandan keyin bajaruvchi bank akkreditiv
yopilganligi to„g„risida emitent bankka xabar beradi;
b) mahsulot yetkazib beruvchining muddatdan oldin akkreditivni
ishlatishdan voz kechish to„g„risidagi arizaga ko„ra, mahsulot yetkazib
beruvchining keyingi akkreditivdan foydalanishdan voz kechishi to„g„-
risidagi arizasiga asosan bank-emitentga bajaruvchi bank tomonidan
bildirishnoma yuboriladi;
v) sotib oluvchining akkreditivni qisman yoki to„liq chaqirib olish
to„g„risidagi arizasiga ko„ra, agar akkreditiv shartlarida ko„zda tutilgan
bo„lsa, akkreditivlar emitent bankdan xabar yetib kelgan kuni 22602
“Mijozlarning akkreditivlar bo„yicha depozitlar” hisobvarag„idagi mav-
jud mablag„lar doirasida to„liq yoki qisman qoplanadi. Akkreditivning
yopilayotganligi haqida emitent bankka xabar beriladi.
Akkreditivlar bo„yicha depozit hisobvaraqlardan naqd pul berilishi,
akkreditivlarni boshqa shaxslar nomiga o„tkazilishi va qayta rasmiy-
lashtirilishiga ruxsat etilmaydi.
Bank emitent akkreditivni ishlatganligi to„g„risida bajaruvchi
bankdan hujjatlarni olgandan keyin memorial orderga asosan ko„zda
tutilmagan hollar hisobvarag„dan to„liq hisobdan chiqaradi va tasdiq-
lovchi hujjatlarni memorial orderning nusxasi bilan birgalikda to„lovchi
korxonaga beradi. Ko„zda tutilmagan holatlar hisobvarag„i akkreditiv
108
to„liq ishlatilmagan va u sotib oluvchi bankidagi hisobvaraqqa qay-
tarilganda ham yopiladi.
Yuqorida ko„rsatib o„tilgan operatsiyalarni quyidagi sxema orqali
umumlashtiramiz.
3-sxema.