97
bo„limi boshqaruvchisi belgilaydi. Banklar akseptlashni rad qilish mohiyati
bo„yicha kelib chiqqan bahs va nizolarga aralashmaydilar.
To„lov talabnomasini to„lashdan bosh tortib yozilgan raddiya
arizasi to„lovchi tomonidan bankka topshirilganda talabnomalar shu
kunning o„zidayoq 1-kartotekadan olinadi hamda tovar-transport hujjat-
lari va boshqa ilovalar bilan birga mahsulot yetkazib beruvchi korxona
bankiga ijrosiz qaytarib yuboriladi. To„lovchi talabnomani akseptlash-
dan qisman bosh tortganda, to„lovchi tomonidan akseptlangan summa
bo„yicha to„lovlar o„tkaziladi. To„lovchi hisobvarag„ida talabnomaning
akseptlangan qismini to„lashga yetarli pul mablag„lari bo„lmaganda
talabnoma “Muddatda to„lanmagan hisob-kitob hujjatlari” kartotekasiga
joylashtiriladi. Bu kartoteka 2-kartoteka deb yuritiladi. Bunda talab-
nomaning dastlabki summasi o„chiriladi va yonida to„lovchi akseptlagan
summa yozib qo„yiladi. Kartotekaga kirim qilingan summa to„lovchi
korxona hisobvarag„iga pul mablag„lari kelib tushgandan so„ng to„lanadi.
Agar 1-kartotekaga joylashtirilgan to„lov talabnomasi bo„yicha
to„lovchi tomonidan raddiya arizasi kelib tushmasa, to„lov talabnomasi
akseptlash uchun berilagn 3 kun muhlat o„tgandan so„ng to„lanadi. To„-
lov talabnomasini to„lashdan avval to„lovchi korxonaning depozit hisob-
varag„ini yurituvchi mas‟ul ijrochi talabnomani to„lash uchun yetarli pul
mablag„larining to„lovchi hisobvarag„ida mavjudligini tekshiradi. Agar
depozit hisobvarag„ida yetarli pul mablag„lari bo„lsa, talabanoma
to„lanadi. To„lov talabnomasini to„lash quyidagi buxgalteriya yozuvi or-
qali amalga oshiriladi:
Debet 20210 – “Davlat korxona, tashkilot va muassasalarining talab
qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag„i”
Kredit 10103 – “ Bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag„i”
Balans ichidagi hisobvaraqlar bo„yicha bajarilgan ushbu buxgalte-
riya yozuvlaridan avval balansdan tashqari ko„zda tutilmagan holatlar
hisobvaraqlar bo„yicha buxgalteriya yozuvlari bajariladi, 1-kartotekadagi
to„lov talabnomasining o„zi kartotekadan olinadi va hisobdan chiqariladi:
Debet 96319 “To„lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari
bo„yicha kontr. hisobvaraq”
Kredit ............. “To„lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari”
Dostları ilə paylaş: