130
Tijorat maqsadida sotib olingan qimmatli qog„ozlar bozor narxi-
ning xarid narxidan kamayishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo„lgan
zararni qoplash uchun ishlatiladigan mablag„lar hisobi 10799 «Qimmatli
qog„ozlar oldi-sotdi hisobvaraqlari bo„yicha ehtimoliy yo„qotishlar
zaxirasi» hisobvarag„ida olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida tashkil
qilingan zaxira
summasi yoki uning ortishi, debetida
zaxiraning bekor
qilinishi yoki ishlatilishi aks ettiriladi. Analitik hisob qimmatli qog„oz-
ning turi, muddati va emitenti bo„yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda
olib boriladi.
Ehtimoliy yo„qotishlarni baholash 56806 “Qimmatli qog„ozlar
oldi-sotdi hisobvaraqlari» hisobvarag„ida olib boriladi. Hisobvaraqning
debetida ehtimoliy yo„qotishlarni baholash summasi yoki uning ortishi,
kreditida
baholash summasining kamayishi, noto„g„ri hisoblangan ba-
holashning qaytarilishi, shuningdek, yil yakunida moliyaviy natija sifa-
tida yopilib, 31206 hisobvarag„iga olib boriladigan summa aks ettiriladi.
Qimmatli qog„ozlar bo„yicha tijorat operatsiyalaridan olingan
daromad 45600 «Tijorat operatsiyalaridan olingan foyda» hisobvara-
g„ida hisobga olinadi. Hisobvaraqning
kreditida olingan foyda sum-
masi, debetida noto„g„ri olingan foydaning qaytarilishi hamda yil
yakunida moliyaviy
natija sifatida yopilib, 31206 hisobvarag„iga olib
boriladigan summa yoziladi. Qimmatli qog„ozlar bo„yicha
tijorat
operatsiyalaridan ko„rilgan zarar 55600 «Tijorat operatsiyalaridan
ko„rilgan zarar» hisobvarag„ida olib boriladi. Hisobvaraqning debetida
ko„rilgan zarar summasi, kreditida noto„g„ri ko„rilgan zararning qayta-
rilishi, shuningdek, yil yakunida moliyaviy natija sifatida yopilib,
31206 hisobvarag„iga olib boriladigan summa aks ettiriladi. Bank tomo-
nidan qimmatli qog„oz xarid qilinganda quyidagi o„tkazma beriladi:
Debet 10700 “Oldi-sotdi qimmatli qog„ozlari”
Kredit 10101, 10301, 20200 Bu hisobvaraqlarning nomlarini yozing.
Balans hisoboti tuzilayotgan sanaga qimmatli qog„ozlarniig xarid
narxini bozor narxiga solishtirish yo„li bilan qayta baholash amalga
oshiriladi. Agarda bozor narxi xarid narxidan past bo„lsa, bankning
xarajati hisobidan ehtimoliy yo„qotishlar zaxirasi tashkil qilinadi:
Dostları ilə paylaş: