161
Agar bank tomonidan 29804 – «Boshqa
bank mijozlarining in-
kasso qilingan pul tushumlari va cheklari» hisobvarag„idan memorial
order bilan boshqa bank mijozlarining asosiy depozit hisobvarag„iga
yoki aksizli tovarlar sotuvidan pul tushumlari summasi o„tkazilganda,
har bir aksiz tovar turi bo„yicha savdo
tushumi summasini alohida
memorial order orqali o„tkazilishi shart.
Pul mablag„lari bank aylanma kassasidaga elektron to„lov tizimi
yopilgandan keyin kirim qilingan bo„lsa, boshqa bankdagi mijozlarning
hisobvarag„iga pul mablag„lari keyingi ish
kunidan kechiktirilmagan
holda o„tkazib beriladi.
8.6. Pul almashtirish shoxobchalarida kirim va chiqim kassa
operatsiyalari hisobining tashkil etilishi
Pul almashtirish shoxobchalari har kuni
ertalab operatsiyalarni
boshlashdan avval yetarli miqdorda naqd pulga ega bo„lishlari lozim.
Buning uchun bankning aylanma kassasidan pul almashtirish shoxob-
chalariga madad puli olib kelinadi. Bankning
aylanma kassasidan pul
almashtirish shoxobchalariga madad puli olib kelinganda,
madad puli
shoxobcha tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinishi shart.
Bank 10103 – “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”
hisobvarag„iga madad pulini jo„natganda, har bir valuta bo„yicha
alohida, quyidagi buxgalteriya o„tkazmasi orqali chiqim qiladi:
Dostları ilə paylaş: