159
b) «Aylanma kassadagi naqd pullar» nomli 10101- hisobvarag„iga
naqd pullar kirim qilinganda:
Debet
10101 – «Aylanma kassadagi naqd pullar»
Kredit
17301 – «Tranzit hisobvaraqlari»
Shunday qilib, aylanma kassaga naqd pullar o„tkaziladi, tranzit hi-
sobvaraq esa yopiladi.
8.5. Mijozlarning naqd pul tushumini inkassatsiya
qilish operatsiyalarini hisobga olish
Hozirgi kunda mijozlar tomonidan bankka topshirilishi lozim
bo„lgan naqd pul tushumi inkassatorlar tomonidan shartnomaga asosan
belgilangan vaqtda inkassatsiya qilinadi va bankka topshiriladi.
Inkassatorlar tomonidan mijozlardan yig„ib kelingan pul mab-
lag„lari solingan inkassator qoplari banklarning kechki kassalariga belgi-
langan tartibda qabul qilinadi. Ushbu pul mablag„lari solingan inkassa-
torlik qoplari keyingi ish kuni ertalab qayta sanash kassasiga topshiri-
ladi. Kechki kassa tomonidan yuk xati asosida tayyorlangan kirim ro„y-
xatining birinchi nusxasi qayta sanash kassasiga, ikkinchi nusxasi esa
bank buxgalteriyasiga topshiriladi hamda buxgalteriya ushbu kirim ro„y-
xati asosida quyidagi o„tkazmalarni amalga oshiradi:
a) inkassatorlar orqali yig„ib kelingan inkassatorlik qoplaridagi
naqd pul va hisob-kitob cheklari bo„yicha mablag„lar shu bank mijoziga
tegishli bo„lsa:
Debet
19903 – «Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar»
Kredit
20200
Hisobvaraq nomerini mustaqil ko„rsating
b) inkassatorlar orqali yig„ib kelingan inkassatorlik qoplaridagi
naqd pul va hisob-kitob cheklari bo„yicha mablag„lar boshqa bank yoki
bankning boshqa filiali mijoziga tegishli bo„lsa:
Dostları ilə paylaş: