156
terining imzosi hamda muhr qo„yiladi. Bank korxonaning arizasiga
asosan pul chek daftarchasi yozib, har bir varaqda bank nomi, uning
kodi, korxona nomi, uning bankdagi hisobvaraq nomerini ko„rsatadi va
mijozga beradi. Chek daftarchasining cheklari bankdan naqd pul olish
uchun asos bo„ladi.
Ish haqi yoki unga tenglashirilgan to„lovlarni olishdan bir kun
avval chek rasmiylashtirilib mijoz tomonidan pasporti bilan birgalikda
ularga xizmat ko„rsatuvchi mas‟ul ijrochiga beriladi. Mas‟ul ijrochi, eng
avvalo, shu tashkilotning hisob raqamida yetarli pul miqdori borligini
tekshirib, shundan so„nggina chekning to„liq va to„g„ri to„ldirilganligini,
ikkita imzo va muhrning imzolar hamda muhr namunasi tushirilgan
kartochkalar bilan solishtirib ko„radi. Hammasi to„g„ri bo„lsa, chekning
burchagidagi nazorat markasini qirqib olib, pasport bilan birga mijozga
qaytarib beradi. Nazoratchi yana bir bor tekshiruv o„tkazib, so„ng
rekvizitlarni kassaning chiqim jurnaliga qayd qiladi. Chiqim jurnalida
sana, hisobvaraq nomeri, chek summasi, hisobot simvoli, korresponden-
siya hisobvarag„i nomeri ko„rsatiladi.
Nazoratchi chiqim kassa jurnali bilan birgalikda cheklarni ichki
tartibda kassaga topshiradi. Kassir mijozni chaqirib uning pasporti va
nazorat markasini oladi. Nazorat markasi nomeri chek nomeri bilan
to„g„ri kelsa, chekdagi pasport ma‟lumotlari pasport bilan to„g„ri kelsa,
kassir chekda ko„rsatilgan summani mijozga sanab beradi.
Kun oxirida nazoratchi va kassir bajargan operatsiyalar bo„yicha
hujjatlarni o„zaro solishtirib, bankning hisob markaziga topshiradi.
Hisob markazidan hujjatlar asosida mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlari
va undan ko„chirmalar chiqarib beriladi.
Bank aylanma kassasidan mijozlarga ish haqi va unga tenglashtiril-
gan to„lovlar, xizmat safari xarajatlarini, nafaqa va yordam puli, moddiy
yordam pullari, dividendlar hamda boshqa qonunchilikda taqiqlanma-
gan naqd pul to„lovlarini quyidagi buxgalteriya o„tkazmasi orqali chiqim
qilinadi:
Dostları ilə paylaş: