Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Kirim kassa operatsiyalari, ularni hisobga olish



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

 
8.2. Kirim kassa operatsiyalari, ularni hisobga olish
va rasmiylashtirish 
 
Barcha korxona va tashkilotlar pul mablag„larini o„zlari tanlagan 
banklaridagi tegishli hisobvaraqlarida shartnoma asosida saqlaydilar, 
ya‟ni bankka topshirilgan naqd pul bank kassasiga kirim qilinadi, 
topshirilgan pul summasi korxona hisobvarag„iga yoziladi. Tadbirkorlik 
bilan shug„ullanuvchi aholidan naqd pulning qabul qilinishi majburiy 
ravishda nazorat kassa apparatlarini qo„llash orqali amalga oshiriladi. 
Naqd pullarning to„liq va o„z vaqtida topshirilishi bankning pul muo-
malasi bo„limi xodimlari tomonidan nazorat qilinadi. 
Naqd pulni operatsiya kuni mobaynida qabul qilish uchun bank 
muassasalarida kirim kassalari tashkil etiladi. Kassaning kirim ope-
ratsiyalari deb korxona va tashkilotlardan tushadigan naqd pul tushu-
mini turli naqd pul ko„rinishdagi badallar, fuqarolarning naqd pul omo-
natlari, ish haqiga olingan pul mablag„larining tarqatilmay qolgan qismi 
kabi to„lovlarni naqd pul ko„rinishida bank kassa xodimi tomonidan 
qabul qilinishiga aytiladi. Bank tomonidan naqd pul quyidagi hujjatlar 
asosida qabul qilinadi: 
a) Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholidan 0402001 
shakldagi badalnomalar bo„yicha kvitansiyalar berish bilan. Fuqarolar 
omonatga pul qo„yganlarida omonat daftarchasiga shu to„g„rida yozib 
qo„yiladi, daftarcha ko„rsatilmagan taqdirda pul qo„yuvchiga 0402004 
shakldagi kvitansiya beriladi. 
b) Transport korxonalari va tashkilotlaridan 0402003 shakldagi naqd 
pul badalnomalari bo„yicha 0402003 shakldagi kvitansiya berish bilan; 
v
)
Xayriya fondlariga o„tkaziluvchi naqd pulli badallar 0402001 
shakldagi badalnomalar bo„yicha 0402004 shakldagi kvitansiyalar berish 
bilan 0402001 shakldagi badalnomalar mas‟ul ijrochining imzosidan 
tashqari nazoratchining imzosi bo„lishi kerak. Mazkur operatsiyalar 
buxgalteriya xodimlari tomonidan alohida daftarga qayd
 
etilishi lozim. 
g) Boshqa barcha tushumlar 0482005 shakldagi kirish kassa orderlar 
bo„yicha 0402004 shaklidagi kvitansiyalar berish orqali qabul qilinadi. 


152 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin