Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Kirim kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish tartibi



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

Kirim kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish tartibi 
 
Endi kirim kassa operatsiyalarini bajarish tartibi haqida batafsil tani-
shib chiqamiz. Kirim kassa operatsiyalarini bajarishdagi asosiy hujjat – 
bu badalnoma, ya‟ni pul topshirganlik haqidagi e‟londir. Pul topshirish-
dan avval mijoz tomonidan ushbu badalnoma rasmiylashtiriladi. Badal-
nomaning o„zi 3 qismdan iborat: 
1. Badalnomaning o„zi. 
2. Order. 
3. Kvitansiya. 
Hujjatning uchala qismida ham bir xil ko„rsatkichlar to„ldirilishi 
shart. Ya‟ni hujjat rasmiylashtirilgan sana, mijoz korxona nomi, uning 
hisob-kitob, ya‟ni talab qilib olinadigan depozitlar hisobvarag„i nomeri, 
operatsiya mazmuni, ya‟ni nima maqsadda pul topshirilayotganligi, pul 
topshirayotgan shaxsning familiyasi, ismi, pul summasi to„liq ko„rsatili-
shi va imzo qo„yilishi kerak. Badalnomaning nomerini esa uni qabul qi-
layotgan mas‟ul bank xodimi bankka kelib tushayotgan badalnomalarni 
qayd etish tartibida belgilaydi. Badalnomani qabul qilish bankda asosan 
nazoratchiga yuklatiladi. Ba‟zi banklarda, ularning ichki tartibidan kelib 
chiqqan holda bu vazifa shu korxonaga xizmat ko„rsatuvchi mas‟ul ijro-
chi tomonidan yoki bosh buxgalter yordamchisi tomonidan bajariladi. 
Hujjatni qabul qilib olgan bank xodimi uning uchala qismi bir xil, to„liq 
va to„g„ri to„ldirilganligini tekshirib chiqadi, agar operatsiya o„tkazish 
mumkin deb topsa, hujjatning barcha qismlariga o„z imzosini qo„yib, 
ushbu hujjatni kassaning kirim jurnaliga qayd etadi. Kirim kassa jurnali 
bankda yuritiladigan sintetik hisob yuritish hujjati hisoblanadi, har bir 
mijozdan qabul qilingan badalnoma ketma-ket tartibda qayd etib 
boriladi. Kassaning kirim jurnalida uni rasmiylashtirilayotgan sana
badalnoma nomeri, pul topshirgan korxonaning hisobvarag„i nomeri, 
topshirilishi lozim bo„lgan pul summasi va nima maqsadda pul 
topshirilayotganligi, ya‟ni hisobot simvoli ko„rsatiladi. Shundan so„ng 
qabul qilib olingan badalnomalar kassaning kirim jurnali bilan birgalik-
da ichki tartibda kassa bo„limiga uzatiladi. Pul qabul qilish uchun bank-
da kirim kassalari bo„lib, hujjatlar aynan shu kassa kassiriga beriladi. 
Kirim kassa kassiri pul topshiruvchi mijozni chaqirib, undan pul qabul 
qilib oladi. Qabul qilib olingan pul kassir tomonidan qayta sanab chiqiladi. 
Kassirning stoli ustida pul qo„yuvchidan qabul qilib olinayotgan 
puldan boshqa hech qanday pul bo„lmasligi kerak. Kassir ilgari qabul 
qilib olgan barcha pullar stol tortmasida metall shkaflarda yoki seyflarda 


153 
saqlanishi lozim. Kirim kassa kassirining stoli shunday jihozlangan 
bo„lishi kerakki, mijozga pul qayta sanalayotganligini kuzatib turishga 
imkon bo„lishi kerak. Pulni qabul qilib olgandan keyin kassir kvitansiya 
va kirim kassa hujjatlarida order, badalnoma, kirim, kassa jurnali
ko„rsatilgan summani sanalganda chiqqan summa bilan qiyoslaydi. Ular 
bir-biriga mos bo„lsa, kassir kvitansiya, badalnoma va unga tegishli 
bo„lgan orderga imzo qo„yadi, kvitansiyaga bank muhrini bosib, pul 
topshirgan shaxsga qaytarib beradi. Bu kvitansiya mijozga undan pulni 
qabul qilib olganlik haqidagi tasdiqlovchi hujjat bo„lib hisoblanadi. 
Badalnomalarni o„zida olib qolib, badalnomaga tegishli bo„lgan orderni 
kassaning kirim jurnali bilan birgalikda yana bank nazoratchisiga 
qaytaradi. 
Lekin ba‟zan shunday hollar ham bo„ladiki, mijoz topshirgan pul 
summasi kirim kassa hujjatlarida ko„satilgan summa bilan to„g„ri 
kelmasligi mumkin. Topshiruvchi bergan naqd pul summasi bilan kirim 
kassa hujjatida ko„rsatilgan summa o„zaro mos kelmasa, topshiruvchiga 
hujjatni qayta rasmiylashtirib kelish taklif etiladi. Kassir dastlabki 
hujjatning ustidan chiziq tortadi va shu hujjat kvitansiyasining orqa 
tomoniga amalda qabul qilib olingan pul summasini yozib, kvitansiyaga 
imzo chekadi. Badalnoma, order va kvitansiya operatsiya xodimi yoki bank 
nazoratichisiga beriladi, kassa jurnalida dastlab yozilgan summani o„chi-
rib, badalning yangi summasini yozib qo„yadi, shundan so„ng yangi olin-
gan hujjatlarni rasmiylashtirib, yana kassaga jo„natadi. Kvitansiyalar yo„riq-
nomada belgilangan tartibda saqlanadi. Kirim hujjatlar esa yo„q qilinadi. 
Agar mijoz bank kassasiga pul topshirmagan bo„lsa, kassir buning 
sababini aniqlash uchun kirim hujjatlarini kvitansiyalar bilan birga 
operatsiya xodimlariga qaytaradi. Kvitansiyalarda qanday sabablarga 
ko„ra pul topshirilmagani ko„rsatilib, bank muassasasi rahbari va bosh 
buxgalteri imzo chekadi. Bunday hollarda kassa daftarlaridagi yozuvlar 
o„chiriladi, kirim hujjatlari yo„q qilinadi. 
Kassirlar o„zlari qabul qilgan va topshirgan pul summalarini 
0482155 shakldagi alohida daftarga qayd etib boradilar. Operatsiya kuni 
oxirida kirim kassasining har bir xodimi, ya‟ni kassiri qabul qilingan 
hujjatlar asosida 0482109 shakldagi ma‟lumotnomani tuzadi va undagi 
summani o„zi qabul qilgan pul summasi bilan qiyoslaydi. Ma‟lumotno-
mani kassir imzolaydi va unda ko„rsatilgan kassa aylanmalarini ope-
ratsiya xodimlaridagi kassa jurnallaridagi yozuvlar bilan solishtiradi. Bu 


154 
qiyoslash kassa jurnalida kassirning va kassir ma‟lumotnomasida 
operatsiya xodimlarining imzolari bilan rasmiylashtiriladi. 
Operatsiya kuni mobaynida qabul qilingan pulni kassir belgilangan 
tartibda dastalaydi hamda kirim hujjatlari va 0482109 shakldagi ma‟lu-
motnoma bilan birga kassa mudiriga 0482155 shakldagi daftarga imzo 
chekilgandan so„ng topshiradi. Kassa mudiri esa qabul qilingan pul 
summasini kassirning ma‟lumotnomasi bilan qiyoslaydi, qabul qilingan 
summani 0482155 – shakldagi daftarga yozib qo„yadi, ma‟lumotnomaga 
imzo chekib, uni bosh buxgalterga beradi. Ma‟lumotnoma tekshirilgan-
dan so„ng bosh buxgalter yoki uning o„rinbosari tomonidan imzolanib, 
bu kunning kassa hujjatlariga tiqib qo„yiladi. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin