149
6-sxema.
Tijorat banklari kassalarining turlari
Kassa
turlari
Kirim kassasi
Chiqim kassasi
Kechki kassa
Mini banklar kassasi
Maxsus kassalar
Valuta ayirboshlash
shoxobchasi kassasi
Omonat kassalar
Qayta sanash kassasi
Kassa operatsiyalari bo„limlarining boshliqlari egallab turgan lavo-
zimlariga Markaziy bank va tijorat banklarning viloyat boshqarmalarida
tayinlanadilar, tasdiqlanadilar va undan ozod etiladilar. Bo„lim boshlig„i
yoki kassa mudiri lavozimida bank tizimida kamida 3 yil ishlagan shaxs-
lar tayinlanadi.
Bank muassasalarining rahbarlari kassalar va pul omborlarida boy-
liklar bilan ishlashning belgilangan qoidalarini ta‟minlovchi zarur shart-
sharoitlarni ta‟minlashlari lozim. Banklardagi kassa tormozlari “Kassa
tarmoqlarini loyihalashtirish va o„rnatishning texnikaviy talablari”ga
muvofiq
holda jihozlanadi, uni boshqa xizmatlardan ajratib qo„yish va
qoidalarga ko„ra, binoning birinchi qavatida joylashtirilish lozim.
150
Begona shaxslarning pul omborlari joylashgan joyni kuzatishlari
va o„rganishlari uchun hech qanday imkoniyat bo„lmasligi kerak. Kassa
binosining eshiklari kun bo„yi davomida ichkaridan berkitilgan bo„lishi
lozim. Eshiklarga tashqarini ko„rish uchun
kichkina maxsus oynacha
o„rnatilgan bo„lish kerak. Kassa tarmog„ining barcha derazalari kechki
payt pardalar bilan to„silgan bo„lishi shart.
Operatsiya kassasi, har bir kassirning ish joyi kabina o„rnatish
orqali ajratib qo„yilishi lozim. Bunday holda boyliklar saqlanishi ustidan
mas‟ul bo„lgan shaxslarga kassirlar ishini kuzatib turishiga imkon tug„iladi.
Kassirlar stolida qulflanadigan tortmalar bo„lishi kerak, uning kod
nomerini faqat kassirlar bilishi kerak. Kassirlar kun davomida boyliklar-
ni saqlash uchun seyflar,
metall shkaflar, boyliklarni tashish uchun ara-
vachalar bilan ta‟minlanishi lozim. Mijozlarga xizmat ko„rsatiladigan
darchalarga ichkari tomonidan qulflanadigan eshikchalar o„rnatilishi lozim.
Kassirlarning o„z pullari, ustki kiyimlari hamda shaxsiy narsalari
kassa tarmog„ida, biroq kassa xonasidan tashqarida o„rnatilgan shkaflar-
da yoki maxsus ajratilgan xonalarda saqlanishi lozim.
Operatsiya kassalarining kassirlari kirim va chiqim kassa hujjatla-
rini imzolash vakolatiga ega bo„lgan hisob-kassa xodimlarining imzolari
namunalari bilan, kirim-chiqim kassa operatsiyalarini
rasmiylashtirish
bilan shug„ullanadigan hisob-operatsiya xodimlari esa kassirlar
imzosining namunalari bilan ta‟minlanishi kerak. Imzolar namunalarini
tegishli xodimlarga o„z vaqtida berish va ular bekor qilingach, qaytarib
olish ustidan nazoratni bank muassasasining
bosh buxgalteri amalga
oshiradi. Ro„yxatlar har yili 1-yanvar holatiga ko„ra yangilanib turiladi.
Umuman, banklarda kassaning kirim va chiqim operatsiyalarini
tashkil qilish uchun yangi hisobvaraqalar rejasining “Aktivlar” bo„limi-
da bir nechta hisobvaraqlar ochilgan. Hozirgi amalda bo„lgan hisobva-
raqlar rejasida “Naqd pullar va kassa hujjatlari” nomli 10100 asosiy hisob-
varag„ida kassa operatsiyalarining hisobi olib boriladi.
Bu asosiy hisob-
varaq bo„yicha bir nechta yordamchi hisobvaraq, ya‟ni subschyot ochilgan:
10101 – Aylanma kassadagi naqd pullar
10102 – Naqd pullar zaxirasi
10103 – Pul almashtirish shoxobchalaridagi
naqd pullar
10105 – Cheklar va boshqa to„lov hujjatlari
10107 – Bankomatlardagi naqd pullar
10109 – Yo„ldagi pullar
10111 – Bank binosida joylashmagan operatsion kassalardagi naqd pullar
151
Yuqorida ko„rsatilgan barcha hisobvaraqlar ham mazmun jihatidan
aktivdir, ularda qoldiq va mablarlarning ko„payishi debet tomonida, mab-
lag„larning kamayishi esa hisobvaraqning kredit tomonida aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: