148
Bankiga berilgan bo„lsa-da, lekin yuridik va jismoniy shaxslarni naqd
pul bilan ta‟minlash asosan tijorat banklari orqali amalga oshiriladi.
Aholi va turli korxona va tashkilotlar, aholi guruhlari o„rtasidagi
hisob kitoblar naqd pul yordamida amalga oshiriladi. Masalan, aholiga
ish haqi, nafaqa, mukofot, gonorar, komandirovka xarajatlari to„lashda
va aksincha, aholi tomonidan savdo tashkilotlari, maishiy xizmat, mada-
niy oqartuv tashkilotlari, dehqon bozori, oziq-ovqat va kiyim-kechak
bozorida aholi guruhlari o„rtasidagi aloqalarda naqd pul ishtirok etadi.
Naqd pul aylanmasi hajm jihatidan naqd pulsiz aylanmaga nisba-
tan ancha kam bo„lsa-da, iqtisodiyotdagi iqtisodiy aloqalarning normal
holatda tashkil etilishida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki naqd pul
ishlatiladigan sohalarida tovarlarning sifati nazorat qilinadi.
Har bir tijorat bankida korxona va tashkilotlarga kassa xizmatini
ko„rsatish uchun bir qancha kassalar tashkil etiladi, ya‟ni bank muassa-
sasi o„z tarkibida tarkibiy bo„linma – kassa operatsiyalari bo„limiga ega.
Kassa operatsiyalari bo„limida bajariladigan kirim va chiqim kassa
operatsiyalari Markaziy bankning “Emissiya-kassa ishlari va naqd pul
tushumini inkassatsiya qilish” to„g„risidagi 566-sonli hamda “Tijorat
banklarida kassa ishini tashkil qilish, inkassatsiya va qimmatliklarni
tashishga doir yo„riqnoma” (Ro„yxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun)
asosida tashkil etiladi.
Pul yoki boshqa boyliklarni qabul qilish va berish uchun kassa
operatsiyalari bo„limi tarkibida quyidagi kassalar tashkil etiladi. Kirim
kassasi, chiqim kassasi, kirim-chiqim kassasi, maydalab berish kassasi,
qat‟iy hisobda turadigan blankalarni berish kassasi, kechki kassalar
tashkil etiladi.
Ko„rsatib o„tilgan kassalar kassa operatsiyalari hajmi va kassa
xodimlarining belgilangan shtatidan kelib chiqqan holda bank muas-
sasasi farmoyishiga binoan tashkil etiladi. Yirik bank muassasalarida
kassa operatsiyalari bo„limini boyliklar bilan ishlashdan ozod etilgan
xodim, ya‟ni kassa operatsiyalari bo„limining boshlig„i boshqarishi
lozim. U kassa apparati ishi ustidan nazorat o„rnatadi va uning ishiga
rahbarlik qiladi, hamda kassa ishini to„g„ri tashkil qilish, bank muassa-
sasidagi barcha boyliklarning ishonchli va to„liq saqlanish uchun rahbar
bilan teng darajada javob beradi.
Dostları ilə paylaş: