Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

Qo„shimcha adabiyotlar 
 
1

“Banklar va bank faoliyati to„g„risida”gi O„zbekiston Respubli-
kasi Qonuni. 1996-yil
 
26-aprel
 
(oxirgi o„zgarishlari bilan). 
2. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqi-
miz farovonligini yanada yuksaltirishdir. – T.: “O„zbekiston”, 2010-yil. 
3. “O„zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amal-
ga oshirish to„g„risida” 2002-yil 12-yanvardagi O„zbekiston Respubli-
kasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Nizom. 
4. “Markaziy bankning banklararo to„lov tizimi orqali elektron to„-
lovlarni amalga oshirish tartibi to„g„risidagi Nizom (ro„yxat raqami-
1545, 2006-yil 14-fevral) 
5. Pul-kredit sohasidagi mavjud vaziyat va monetar siyosatning 
2010-yildagi asosiy yo„nalishlari.//Bozor, pul va kedit, 2010, №1. 
6. Navruzova K.N., Ortiqov O.A. Banklarda hisob va to„lov tizimi 
– T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2005-yil.


147 
VIII bob. BANKLARNING KASSA OPERATSIYALARI,
ULARNI HISOBGA OLISH VA RASMIYLASHTIRISH 
 
8.1. Banklarda kassa ishlarining tashkil etilishi 
 
“O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki to„g„risida”gi O„zbekis-
ton Respublikasi Qonuniga muvofiq O„zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining asosiy funkciyalaridan biri pul emissiyasidir. Banknotalar va 
tangalar ko„rinishidagi naqd pullar mamlakat hududidagi hisob-kitoblarda 
cheklanmagan miqdorda qabul qilinuvchi yagona to„lov vositasidir.
2-rasm.
O„zbekiston Respublikasi milliy valutasi – banknotalar. 
3-rasm.
O„zbekiston Respublikasi milliy valutasi – tangalar. 
O„zbekistonda muomalada bo„lgan naqd pullar, ya‟ni banknota va 
metall tangalar kredit pullar hisoblanadi. Muomalaga pul chiqarish iqti-
sodiyotni kreditlash tartibida amalga oshiriladi. Muomalaga pul chiqa-
rish va olishning mutlaq huquqi O„zbeksiton Respublikasi Markaziy 


148 
Bankiga berilgan bo„lsa-da, lekin yuridik va jismoniy shaxslarni naqd 
pul bilan ta‟minlash asosan tijorat banklari orqali amalga oshiriladi. 
Aholi va turli korxona va tashkilotlar, aholi guruhlari o„rtasidagi 
hisob kitoblar naqd pul yordamida amalga oshiriladi. Masalan, aholiga 
ish haqi, nafaqa, mukofot, gonorar, komandirovka xarajatlari to„lashda 
va aksincha, aholi tomonidan savdo tashkilotlari, maishiy xizmat, mada-
niy oqartuv tashkilotlari, dehqon bozori, oziq-ovqat va kiyim-kechak 
bozorida aholi guruhlari o„rtasidagi aloqalarda naqd pul ishtirok etadi.
Naqd pul aylanmasi hajm jihatidan naqd pulsiz aylanmaga nisba-
tan ancha kam bo„lsa-da, iqtisodiyotdagi iqtisodiy aloqalarning normal 
holatda tashkil etilishida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki naqd pul 
ishlatiladigan sohalarida tovarlarning sifati nazorat qilinadi.
Har bir tijorat bankida korxona va tashkilotlarga kassa xizmatini 
ko„rsatish uchun bir qancha kassalar tashkil etiladi, ya‟ni bank muassa-
sasi o„z tarkibida tarkibiy bo„linma – kassa operatsiyalari bo„limiga ega. 
Kassa operatsiyalari bo„limida bajariladigan kirim va chiqim kassa 
operatsiyalari Markaziy bankning “Emissiya-kassa ishlari va naqd pul 
tushumini inkassatsiya qilish” to„g„risidagi 566-sonli hamda “Tijorat 
banklarida kassa ishini tashkil qilish, inkassatsiya va qimmatliklarni 
tashishga doir yo„riqnoma” (Ro„yxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun) 
asosida tashkil etiladi. 
Pul yoki boshqa boyliklarni qabul qilish va berish uchun kassa 
operatsiyalari bo„limi tarkibida quyidagi kassalar tashkil etiladi. Kirim 
kassasi, chiqim kassasi, kirim-chiqim kassasi, maydalab berish kassasi, 
qat‟iy hisobda turadigan blankalarni berish kassasi, kechki kassalar 
tashkil etiladi.
Ko„rsatib o„tilgan kassalar kassa operatsiyalari hajmi va kassa 
xodimlarining belgilangan shtatidan kelib chiqqan holda bank muas-
sasasi farmoyishiga binoan tashkil etiladi. Yirik bank muassasalarida 
kassa operatsiyalari bo„limini boyliklar bilan ishlashdan ozod etilgan 
xodim, ya‟ni kassa operatsiyalari bo„limining boshlig„i boshqarishi 
lozim. U kassa apparati ishi ustidan nazorat o„rnatadi va uning ishiga 
rahbarlik qiladi, hamda kassa ishini to„g„ri tashkil qilish, bank muassa-
sasidagi barcha boyliklarning ishonchli va to„liq saqlanish uchun rahbar 
bilan teng darajada javob beradi. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin