Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Kirim kassa operatsiyalarini hisobga olish tartibi



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

Kirim kassa operatsiyalarini hisobga olish tartibi 
 
Kirim kassalariga tushgan pullar kassa mudiriga operatsiya kuni 
mobaynida bir necha marta berilishi mumkin. Bunday hollarda kassir 
pul berishidan avval amalda tushgan pul u qabul qilingan kirim hujjat-
laridagi umumiy summaga mos kelishiga ishonch hosil qilishi kerak. 
Operatsiya kuni tugashga qadar barcha naqd pul shu ish kunining 
o„zidayoq aylanma kassasiga kirim qilinishi va bank muassasasining 
buxgalteriya balansi bo„yicha tegishli hisobvaraqqa o„tkazilishi kerak. 
Demak, kunning oxirida kassaning kirim operatsiyalari bo„yicha 
quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi. Ya‟ni bu holda bank 
kassasi bilan birga pul topshirgan korxona hisobvarag„ida ham 
topshirgan summada mablag„ ortadi.
Dt 10101 – Bankning aylanma kassasidagi naqd pullar
Kt 20200 – Mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari 
Agar pul topshiruvchi korxona xususiy korxona bo„lsa, u holda 
quyidagi buxgalteriya provodkasi bajariladi.
Debet 10101 – 
Bu qanday hisobvaraq edi? 
Kredit 20208 – 
Hisobvaraq nomerini o„zingiz yozing. 
Mazkur buxgalteriya yozuvlaridan shuni ko„rish mumkinki, bir to-
mondan bank kassasi, ikkinchi tomondan korxona depozit hisobvarag„i 
ko„paymoqda, bu hisobvaraqlarning biri aktiv, ikkinchisi esa passiv, 
shu-ning uchun bank balansining har ikkala ham aktiv, ham passiv 
tomoni bir xil summaga ortadi. 
Mijozlarga bank tomonidan kreditlar naqd pulda berilgan bo„lsa, 
ular albatta naqd pul ko„rinishida qaytarilishi kerak. Mijozlar tomonidan 
olingan kredit grafik asosida belgilangan muddatlarda naqd pul 


155 
topshirish orqali qaytariladi. Agar kreditni qaytarish uchun naqd pullar 
bankka topshirilsa, bu operatsiya quyidagi buxgalteriya o„tkazmasi 
asosida bajariladi. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin