169
mijozning tovar yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitobni kechikib
amalga oshirilganligi uchun bank javobgar hisoblanadi.
Qisqa muddatli kredit olish uchun alohida
kredit ochish liniyasini
ochish shart emas. Bank bilan uning mijozi o„rtasida maxsus bitim
tuzilib, shu bitimga asosan mijozga uning hisob-kitob varag„ida qolgan
mablag„dan ortiq summadagi to„lovlarni amalga oshirishga ruxsat
etiladi. Qisqa muddatli kreditning bunday turi overdraft deyiladi. Shart-
nomada overdraft qarzning eng katta summasi, kredit berish shartlari:
kreditni qoplash tartibi, foiz darajasi belgilanadi. Overdraftda mijozning
hisob kitob varag„iga kelib tushadigan barcha summa kreditni qoplashga
yo„naltiriladi. Shuning uchun kredit hajmi mablag„ kelib tushgan sari
o„zgarib turadi, ana shunisi bilan overdraft kreditning boshqa turlaridan farq-
lanadi. Overdraft qisqa muddatli kreditlash qoidalarida ko„zda tutilganiga
qaramay, respublika banklari tajribasida overdraftni kontokorrentdan bosh-
qa istalgan kredit turiga qayta rasmiylashtirish huquqi qo„llanilmoqda.
Kontokorrent hisobvarag„i korxonaning
barcha operatsiyalarini
birga jamlashga imkon beradi. Kontokorrent hisobvarag„i mijozning
bankdagi kredit hisob-kitob xizmatini amalga oshirish uchun mo„ljallan-
gan yagona hisobvarag„i bo„lib, barcha operatsiyalar shu hisobvaraq
bo„yicha bajariladi. U kredit va depozit hisobvarag„i alomatlarini o„z
ichiga jamlagan. Kontokorrent hisobvaraqda bir tomondan tushumlar
aks ettiriladi, ikkinchi tomondan unda kreditlar va to„lovlar qayd qilinadi.
Natijada debet saldo (qarz) ham, kredit saldo (mablag„ning mavjudligi)
ham vujudga kelishi mumkin. Kontokorrent hisobvarag„i ochilganda
qarz oluvchi korxonaning hisob-kitob varag„i yopiladi. Bank kontokor-
rent hisobvaraq bo„yicha kreditlash limiti ssudaning chegaraviy miqdorini
belgilaydi. Shu limit summasiga bankning
kafolat majburiyati rasmiy-
lashtiriladi, uning shakli xuddi kredit liniyasi ochishdagidek bo„ladi.
Ushbu kredit mablag„larini faqat korxonaning asosiy faoliyati bilan
bog„liq bo„lgan tovarlar va xizmatlarga sarflash mumkin. Boshqa barcha
to„lovlar (umumiy xo„jalik xarajatlari, ish haqi va hokazo) faqat konto-
korrent qo„llanilmaydi. Kreditning bu turi chet el tajribasida cheklar va
kredit kartochkalari bilan hisob-kitob qilishda keng qo„llaniladi.
Bank mijozi uchun shu hol ham muhimki, qisqa muddatli
kreditlashni tashkil qilish qoidalariga muvofiq, mijoz o„z hisobvarag„ida
kredit saldosi bo„lishini ta‟minlash lozim. Qarz oluvchining bankda
depozit hisobvarag„i bo„lgan taqdirdagina qarzdorlikni saqlashga yo„l
qo„yiladi, lekin uning salmog„i depozit, hisobvarag„idagi mablag„ sum-
170
masidan oshmasligi kerak. Agar bankda mijozning depozit mablag„lari
bo„lmasa, oy oxirida hisob-kitob varag„ida qarz paydo bo„lsa, qarzning
miqdori qanday bo„lishidan qat‟iy nazar, kredit qoplangunga qadar bank
kredit berishni tugatishi lozim. Demak, agar hisobot oyi oxirida
mijozning hisob-kitob varag„ida qarz paydo bo„lgan bo„lsa,
navbatdagi
oyboshida overdraft doirasida firma to„lovlarni to„lashga umid qilishi
mumkin emas va aksincha, kreditni qoplash uchun mablag„ izlashga
tayyor turish lozim.
Kontokorrent hisobvaraqda bir tomondan tushumlar aks ettiriladi,
ikkinchi tomondan ssudalar va to„lovlar qayd qilinadi. Natijada debet
saldo, ya‟ni
qarz ham, kredit saldo, ya‟ni mablag„larning mavjudligi
ham vujudga kelishi mumkin.
Kontokorrent hisobvarag„i ochilgan qarz oluvchi korxonaning
hisob kitob varag„i yopiladi. Bank kontokorrent hisobvarag„i bo„yicha
kreditlash limiti ssudaning chegaraviy miqdorini belgilaydi. Shu limit
summasiga bankning kafolat majburiyati rasmiylashtiriladi.
Kontokorrent hisobvaraq bo„yicha foizlar debet qoldig„i bo„yicha
ham, kredit qoldig„i bo„yicha ham, ya‟ni bank foydasiga ham,
qarzdor
foydasiga ham yoziladi, Debet qoldig„i (qarz) bo„yicha mijoz bankga
kredit shartnomasiga ko„ra foizlarni to„laydi. Kredit qoldig„i (mablag„-
ning mavjudligi) bo„yicha bank qarzdorga hisob-kitob shartnomasiga
muvofiq foizlarni to„laydi.
Kontokorrent hisobvaraqning amal qilish muddati bir yildan osh-
masligi kerak. O„n ikki oy o„tgandan so„ng qarzdor hisobvaraqqa mab-
lag„ tushishini ta‟minlashi lozim. Agar belgilangan muddat oxirigacha
hisobvaraqda
salbiy saldo saqlanib qolsa, kredit to„liq qoplanguncha
kredit berish to„xtatib qo„yiladi.
Dostları ilə paylaş: