171
Kredit bo„limining farmoyishiga ko„ra, hisob operatsion bo„limida
kredit oluvchi korxonaga ssuda hisobvarag„i ochiladi. Qaysi turdagi
xo„jalik yurituvchi subyektligiga qarab tegishli balans hisobvarag„i
bo„yicha kredit hisobvarag„i ochiladi. Masalan:
jismoniy shaxslarga
12500, yuridik maqomga ega bo„lmagan yakka tadbirkorlarga kredit
berish uchun 12600 balans hisobvarag„i bo„yicha ssuda hisobvarag„i
ochiladi. Davlat korxonalariga kredit berishda esa 12700
balans hisob-
varag„i ochiladi. Kredit hisobvarag„i ham 20 ta razryaddan iborat bo„lib,
uning ichida kredit olmoqchi bo„lgan korxonaning xos raqami bo„lishi
lozim. Masalan, mijozga berilgan unikal xos raqam 04952452 bo„lsa
so„mda berilgan kreditni hisobga olish uchun qarz oluvchi davlat
korxonasi ekanligini hisobga olgan holda quyidagi hisobvaraq ochiladi.
12701000K04952452001
Bu hisobvaraqda bank tomonidan davlat
korxonalariga berilgan
qisqa muddatli kreditlarning hisobi yuritiladi. Hisob raqamining debe-
tida davlat korxonalariga berilgan ssudalar summasi aks ettiriladi. Hisob
raqamining kreditida esa qarzdorlar tomonidan qaytarilgan ssudalarning
summasi aks ettiriladi. Bu hisobvaraq bo„yicha
analitik hisob har bir
qarzdor va kreditlarning turlari bo„yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda
olib boriladi.
Xuddi shunday tartibda boshqa mulkchilik shakllariga tegishli
bo„lgan, qarz olmoqchi bo„lgan xo„jalik yurituvchi
subyektlarga ssuda
hisobvaraqlari ochiladi va ular bo„yicha kredit berish va qaytarib olish
bo„yicha operatsiyalar bajariladi.
Dostları ilə paylaş: