Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Bank operatsiyalarini buxgalteriya yozuvlarida



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

1.5. Bank operatsiyalarini buxgalteriya yozuvlarida
aks ettirish tartibi 
 
Hozirgi kunda xalqaro andozalarga muvofiq balans ichidagi hisob 
raqamlari ham, balansdan tashqari hisobvaraqlar ham ikkiyoqlama 
yozuv asosida olib boriladi. Buxgalteriya hisobining tashkil qilishning 
asosiy tamoyillaridan biri ham aynan ikkiyoqlama yozuv usulidir.
Ikkiyoqlama yozuv usulining mazmuni nimadan iborat? Hisob 
siyosatida ikkiyoqlama yozuv usulini amaliyotga tatbiq etilishi maxsus 
buxgalteriya hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bu hujjat hisobvaraq 
bo„lib, u ikki qismdan iborat bo„ladi: chap tomoni “debet”, o„ng tomoni 
esa “kredit” deb nomlanadi. Har bir hisobvaraqning kun boshiga bo„lgan 
boshlang„ich qoldig„i (saldo) bo„lib, operatsiyalar o„tkazilgandan so„ng 
debet va kredit aylanmalarni hisobga olgan holda kun oxiriga bo„lgan 
qoldig„i chiqariladi. 
Barcha hisobvaraqlar o„z mazmuniga ko„ra aktiv yoki passiv bo„li-
shi mumkin. Bankning o„z mablag„larini hisobga olishda ishlatiladigan 
hisobvaraqlar aktiv hisobvaraqlar hisoblanadi. Bank mablag„larining 
manbayini hisobga olishda ishlatiladigan hisobvaraqlar esa passiv hi-
sobvaraqlar hisoblanadi. 
Aktiv hisobvaraqlarga bankdagi naqd pullar, bankning vakillik 
hisobvarag„idagi mablag„lar, turli muddatlarga banklarga, hukumatga
korxona tashkilotlarga berilgan ssudalar, asosiy vositalari, bank xarajat-


25 
lari kiradi. Passiv hisobvaraqlarga esa turli depozitlardagi mablag„lar, 
budjet mablag„lari, bank kapitali, daromadlari va hokazo kiradi. 
Aktiv hisobvaraqlarning qoldig„i uning “debet” qismida bo„lib, 
mablag„larning ko„payishi ham debetda aks ettiriladi, mablag„larning 
kamayishi esa hisobvaraqning kreditida ko„rsatiladi. Passiv hisobvaraq-
lar bo„yicha, aksincha, qoldiq hisobvaraqning kredit tomonida bo„lib, 
mablag„larning kelib tushishi uning kreditida, mablag„larning kamayi-
shi, ya‟ni chiqib ketishi debetida o„z ifodasini topadi. 
Aktiv va passiv hisobvaraqlar bo„yicha buxgalteriya yozuvlari sxe-
masini quyidagicha ifodalash mumkin.
1-jadval. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin