20
Hozirgi kunda amalda bo„lgan hisobvaraqlar rejasi ham mazmu-
nan, ham tuzilishi jihatidan avvalgisidan farqlanadi.
Ilgari Markaziy bank ham, tijorat banklar ham buxgalteriya hisobi-
ni yagona hisobvaraqlar rejasi asosida yuritar edi.
Har bir hisobvaraq
nomeri va nomi yoniga qaysi bankda ishlatilishi haqida belgi qo„yilgan
edi. Yangi hisobvaraqlar rejasi yuqorida eslatib o„tganimizdek, Marka-
ziy bank uchun alohida, tijorat banklari uchun alohida ishlab chiqildi.
Bunda har ikki bank faoliyatining xususiyatlari hisobga olindi. Masalan,
Markaziy bank emissiya markazi hisoblangani uchun kassadagi pullar
banknot va tangalarga bo„lingan holda ko„rsatiladi. Tijorat banklari kassa-
laridagi pullarni bunday bo„lish uchun alohida hisobvaraqlar ochilmaydi.
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasining “Majburiyatlar” bo„limi-
dagi hisobvaraqlar muddatiga ko„ra joylashtirilgan hisoblanadi. “Majbu-
riyatlar” bo„limi Markaziy bankning asosiy
funksiyalaridan biri hisob-
langan “Pul emissiya”sidan boshlanib, uning hisobi 20100- «Pul emis-
siyasi» hisobvarag„ida yuritiladi. Ushbu asosiy hisobvaraq o„z ichiga
quyidagi subhisobvaraqlarni oladi:
Dostları ilə paylaş: