Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Bank buxgalteriya xodimlarining vazifalari



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

1.3. Bank buxgalteriya xodimlarining vazifalari 
 
Bank bosh buxgalterining vazifalari, huquqlari va javobgar-
ligi. 
Bank bosh buxgalteri bankda hisob-operatsion ishlarni tashkil etadi, 
bankning moddiy va moliyaviy resurslarining to„la saqlanishini ta‟min-
laydi. U bank rahbari tomonidan bosh buxgalter vazifasiga tayinlanadi 
va vazifasidan bo„shatiladi. Agar bankning yuqori bank tashkiloti bo„lsa, 
yuqori bank tashkiloti rahbari, buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig„i 
bilan kelishiladi va Markaziy bank boshqaruvi qoshidagi Komissiya taq-
dimotidan o„tkaziladi.
Har bir bankda xodimlarning lavozim vazifalari ishlab chiqilgan va 
tasdiqlangan bo„lishi lozim. Bankning bosh buxgalteri “Bank tizimining 
bosh buxgalterlari to„g„risidagi” Nizom asosida ish olib boradi.
Bank bosh buxgalterining vazifalari. 
Bosh buxgalter buxgal-
teriya hisobini bank hisob siyosatida va boshqa qonun hujjatlarida 
belgilangan qoidalar asosida tashkil etib, quyidagi vazifalarni bajaradi: 
– buxgalteriya hisobi ishlarini zamonaviy texnik vositalari va ax-
borot texnologiyasidan foydalangan holda oqilona tashkil etilishi, 
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida bank operatsiyalarini to„g„ri va 
haqqoniy aks ettirilishi hamda foydalanuvchilar uchun ishonchli moliya-
viy hisobotlarni o„z vaqtida taqdim qilish
– bankka kelib tushgan pul hisob-kitob hujjatlari bo„yicha operatsiya-
larning tegishli hisobvaraqlarida aks ettirilib, kunlik balans tuzilishi va 
tegishli joyga topshirilishini tashkil etish; 
– mijozlarga hisobvaraqlar ochish va hisobvaraqlarni yopish; 
– mijozlardan kelib tushadigan pul hisob-kitob hujjatlarining shakli 
va mazmuni bo„yicha to„g„ri rasmiylashtirilishi va ular bo„yicha operatsiya-
larning o„z vaqtida o„tkazilishi;
– ichki bank operatsiyalarining qonuniy bajarilishini va ular usti-
dan monitoring o„rnatish, mablag„ va qimmatliklar but saqlanishi;
– elektron to„lov hujjatlarining to„g„ri shakllantirilishini ularning 
asl nusxasi bilan solishtirish orqali tekshirish; 
– bank amaliyot kunini yakunlash va kun oxiriga kunlik balans tuzish; 


17 
– hujjatlarning asl va elektron nusxalarini ish kuni oxirigacha yoki 
keyingi bank ish kuni ertalab soat 10.00 dan kechiktirmasdan 
belgilangan tartibda taxlanishini va arxivga topshirishni ta‟minlash; 
– o„z tasarrufida bo„lgan bank filiallari, sho„ba va qaram xo„jalik 
jamiyatlarining buxgalteriya ko„rsatkichlari bo„yicha belgilangan tartib-
da yillik jamlangan moliyaviy hisobotlar; 
– bank daromadlari va xarajatlarini hisoblash usulini qo„llagan hol-
da Bosh kitob va hisobotlarda to„g„ri aks ettirilishi; 
– buxgalteriya hisobi, hisoboti, nazorat va iqtisodiy tahlil masala-
lari yuzasidan xodimlarga o„z vaqtida yo„l-yo„riqlar ko„rsatish;
– ish haqi fondining to„g„ri sarflanishi, mansab maoshlarining 
to„g„ri belgilanishi, shtatlar, moliya va kassa intizomiga qat‟iy rioya eti-
lishini ta‟minlash. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin