Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Bank buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning ahamiyati



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

Bank buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning ahamiyati
va foydaliligi 
 
O„zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko„ra tijorat banklari mulk-
chilikning qaysi shakliga taalluqli bo„lishidan qat‟iy nazar yuritadigan 
buxgalteriya hisobi Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan chiqa-
rilgan yo„riqnoma va ko„rsatmalar talabi darajasida bo„lishi zarur.
Ayni paytda bu yo„riqnomalar o„z vaqtida bank filiallariga yetkazil-
mog„i, shu bilan birga, mahalliy organlar, soliq nazorati organlari bilan 
muvofiqlashtirilgan bo„lishi lozim. Chunki bank buxgalteriya hisobi 
ma‟lumotlaridan foydalanish doirasi juda keng. Xususan, buxgalteriya 
hisobi va shu asosda tuziladigan bankning moliyaviy hisobotlari, uning 
ma‟lumotlari Davlat tartibga solish idoralari jumladan, Markaziy bank, 
Moliya vazirligi, Davlat soliq qo„mitasi uchun tijorat banklarining mo-
liyaviy ahvoli, pul muomalasining holati, iqtisodiyotdagi naqd pulsiz hi-
sob-kitoblar holatini o„rganish uchun o„ta muhimdir. 
Bank egalari uchun, shu bilan birga, uning hissadorlari uchun bu 
ma‟lumotlar bank mablag„larining qanday jalb qilinayotganligi, ulardan 


10 
qay usulda foydalanilayotganligi, bank aktiv operatsiyalardan qanday 
moliyaviy natijalar kutilayotganligini bilish uchun juda muhim. Bundan 
tashqari, buxgalteriya hisobi ma‟lumotlari bank rahbarlari, uning xodim-
lari, ayni chog„da bank mijozlari uchun ham qiziqarlidir. Chunki bank 
rahbarlari va barcha xodimlari bankning kunlik aktivlari va majburiyat-
larining holati, daromadlari va xarajatlarining strukturasi bilan qiziqsa-
lar, bank mijozlari esa bank likvidligi va uning barqarorlik darajasini bi-
lishni istaydilar. Raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona 
bankning boshqaruv apparati ikki asosiy omilga e‟tibor bermog„i zarur: 

bank rentabelligi; 

bankning likvidligi. 
Bankning rentabelligi deganda bankning bir me‟yorda faoliyat 
yuritishi va bank rivoji uchun yetarli daromad olish imkoniga egaligi 
tushuniladi. Bank o„z oldidagi majburiyatlarini belgilangan muddatda 
to„lay olish uchun yetarli pul va boshqa to„lov mablag„lariga ega bo„lishi 
bank likvidligi deyiladi. Har ikkala ko„rsatkichni yuqori darajada ushlab 
turish lozim. Chunki bankning moliyaviy ahvoli yomonlashganini sez-
gan mijozlar boshqa barqaror bankka o„z mablag„larini o„tkazib, uning 
xizmatidan foydalanishni afzal ko„radilar.
Demak, bank buxgalteriya hisobi ma‟lumotlari bank haqidagi aniq 
ma‟lumotlarni olish nuqtayi nazaridan Markaziy bank, Soliq nazorati 
idoralari, barcha tijorat banklari va mijozlar, bank aksiyadorlari, mavjud 
va bo„lg„usi investorlar uchun juda zarur. Bu ma‟lumotlar asosida bank-
ning likvidligi, yo„l qo„yayotgan xatari, rezervlari, kredit portfeli hola-
tini belgilash imkoniyati yaratiladi. Umumiy qilib aytganda, buxgal-
teriya hisobini tashkil qilishda hisob ma‟lumotlari nafaqat ichki, balki 
yuqori boshqaruv uchun zarurligini hisobga olish bilan birga, tashqi 
foydalanuvchilar ehtiyoji ham e‟tiborga olinishi kerak. 
Bank faoliyati bo„yicha moliyaviy hisobot ma‟lumotlaridan 
bilvosita foydalanuvchilar mavjud bo„lib, ularning ham o„ziga yarasha 
manfaatdorligi bor. Bunday foydalanuvchilar tipiga quyidagilarni 
kiritish mumkin: 

auditorlik firmalari; 

moliyaviy savollar yuzasidan maslahatchilar; 

qimmatli qog„ozlar birjalari; 

qonunchilik idoralari; 

huquqshunoslar, jumladan, xo„jalik sudi vakillari; 

matbuot va axborot agentliklari; 


11 

sug„urta idoralari, kasaba uyushmalari va boshqalar. 
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etishda hisob ishlari 
hajmini aniqlab olish, buxgalteriya xodimlari sonini, ular o„rtasida hisob 
ishlari taqsimotini, qo„llaniladigan hisob shaklini, hisob ishlarida hisob-
lash texnikalaridan foydalanishini belgilab olish kerak bo„ladi. 
Shu bilan birga, bank faoliyatiga taalluqli qarorlarni to„g„ri qabul 
qilinishi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisob ma‟lumotlarini o„z vaq-
tida va to„g„ri tuzilganligiga bog„liq bo„ladi. O„z vaqtida olinmagan yoki 
noto„g„ri yuritilgan buxgalteriya hisob ma‟lumotlari noto„g„ri qarorlar 
qabul qilinishiga, natijada banklarning zarar ko„rishiga, ba‟zi hollarda 
esa bankrotlik holatiga kelishga ham sabab bo„lishi mumkin. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin