Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

Front-ofis

 va 

Bek-ofis

dan iborat bo„lgan banklarning 
buxgalteriya apparatining xususiyatlari 
 
Hozirgi kunda xalqaro andozalar asosida faoliyat yuritishga hara-
kat qilayotgan qator banklarda buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-
ofisga ajratish amalga oshirilmoqda. 
Tijorat banklari nuqtayi nazaridan buxgalteriya apparatining Bek-
ofis va Front-ofisga bo„linishining ahamiyati shundaki, Front-ofis muta-
xassislari mijozlarga to„g„ridan-to„g„ri xizmat ko„rsatadi, Bek-ofis muta-
xassislari esa dastlab Front-ofis xodimlari tomonidan boshlangan, mijoz 
bevosita qatnashishi va mazkur bosqichning tugatilishini kutishi talab 
etilmaydigan bosqichda operatsiyalarni qayta ishlab, uni nihoyasiga yet-
kazadi. Natijada, har bir bank operatsiyasi bir-biriga bog„liq bo„lmagan 
ikkita bo„limda amalga oshiriladi va bank xodimlarini o„zaro nazorat 
qilish tizimini yaratadi. 


13 
Mijoz uchun ham bunday tarkibiy bo„linish ahamiyatli bo„lib, 
bankning bitta bo„limi yoki binosida, ammo lavozimi turlicha bo„lgan 
xodimlardan o„zining barcha masalalarini yechish imkoni yuzaga keladi. 
Mijoz operatsiyalar boshlanishidan to tugaguniga qadar faqat Front-ofis 
xodimlari bilan aloqada bo„lib, Bek-ofis mavjudligi mijoz uchun 
ahamiyatsiz hisoblanadi.
Front-ofis
mijozlar bilan bevosita muomalada bo„ladigan 
va barcha bank xizmatlarini ko„rsatadigan bankning operatsion 
xodimlari guruhidan iborat bo„ladi. 
Front-ofisning umumiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1)
bank mijozlariga xizmat ko„rsatishni taklif qilish va ular yuza-
sidan shartnomalar tuzish; 
2)
mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini, shuningdek, “Bank-
mijoz” dasturi orqali elektron hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish; 
3)
mijozlarning bank orqali o„tadigan operatsiyalarini huquqiy va 
moliyaviy jihatdan dastlabki nazoratdan o„tkazish; 
4)
mijozlarga pul hisob-kitob operatsiyalarining o„tkazilishini tas-
diqlovchi tilxat berish. 
Front-ofis quyidagi bo„limlardan iborat: 
1.
Yuridik shaxslarga xizmat ko„rsatuvchi korporativ bo„lim. 
2.
Jismoniy shaxslarga chakana bank xizmatlari ko„rsatuvchi bo„lim. 
3. Bankning ichki operatsiyalarini (depozit, kredit, qimmatli qog„oz-
lar, valuta operatsiyalari) amalga oshiruvchi bo„lim. 
Front-ofis tarkibida bank uchun o„ta muhim mijozlar (VIP) ga xiz-
mat ko„rsatuvchi alohida bo„lim tashkil etilishi mumkin.
Front-ofis tarkibiy bo„limlarining asosiy vazifalari haqida batafsil 
ma‟lumotga ega bo„lish uchun “O„zbekiston Respublikasi banklarida 
buxgalteriya hisobini yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish 
tartibi to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqa-
ruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan va 1834-
son bilan O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro„y-
xatga olingan yo„riqnomaning tegishli ilovalari bilan tanishib chiqish 
tavsiya etiladi. 
Bek-ofis
– Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o„tgan 
va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalarni joriy va yakuniy na-
zoratdan o„tkazish hamda bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi 
buxgalterlar guruhi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin