Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Bank bosh buxgalterining huquqlari



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

Bank bosh buxgalterining huquqlari.
Bankning barcha hisob-
operatsion apparat xodimlari bosh buxgalterga bo„ysunadilar. Bosh bux-
galter hisob-operatsion apparat xodimlari uchun majburiyatlar belgilab, 
o„z vazifalarini bajarish uchun shart-sharoit yaratadi. Operatsiyalarni ba-
jarish yoki rasmiylashtirish bo„yicha buxgalterning ko„rsatmalarini baja-
rish barcha bank xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
Bosh buxgalterning ko„rsatmalarini bajarmaganligi yoki noto„g„ri 
bajarganligi uchun mukofotdan butunlay, qisman mahrum bo„lishi, 
alohida hollarda jinoiy javobgarlikka tortilish mumkin. Bundan tashqari, 
bosh buxgalter bank rahbaridan buxgalteriya hisobini to„g„ri tashkil etish 
bo„yicha choralar ko„rishni talab qilish, kassalarda pul qabul qilish
saqlash, ishlatish bo„yicha o„rnatilgan qoidalarni to„g„ri bajarish ustidan 
nazorat qilish, mukofotlar miqdorini ko„paytirish yoki kamaytirish 
bo„yicha takliflar kiritish huquqiga ega.
Moddiy javobgar shaxslarni, kassir, ombor mudirini lavozimga 
tayinlash, ishdan bo„shatish va boshqa ishga o„tkazish masalasi ham 
bosh buxgalter bilan kelishib hal qilinadi. Xodimlarga mansab maosh-
lari, ish haqiga ustamalar belgilash hamda ularni mukofotlash to„g„risi-
dagi buyruqlar va farmoyishlarni dastlab bosh buxgalter ko„rib chiqadi 
va ularga imzo chekadi. 
Bank bosh buxgalteri quyidagi hollarda javobgardir: 
– buxgalteriya hisobining noto„g„ri olib borilish natijasida hisobot-
larda noto„g„ri ma‟lumotlar berilishida; 
– depozit va boshqa hisobvaraqlar, debitorlar va kreditorlar bo„yicha 
noto„g„ri ma‟lumotlar berilsa, hisob ishlari o„z vaqtida olib borilmasa; 


18 
– buxgalteriya xodimlarining aybi bilan noto„g„ri hisobot berilsa
– Markaziy bankning me‟yoriy hujjatlari bo„yicha xatoliklarga yo„l 
qo„yilsa; 
– bank rahbari bilan teng ravishda bankning moliyaviy, xo„jalik fao-
liyatini tashkil qilishda qo„pol xatolikka yo„l qo„yilsa, javobgar hisoblanadi. 
Umuman, bosh buxgalterlarning intizomiy, moddiy va jinoiy ja-
vobgarligi amaldagi qonunlarga muvofiq belgilanadi. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin