Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi
Bank mas‟ul ijrochilarining vazifalari. Hisob-operatsion appara-
tining asosiy xodimlari – bu mas‟ul ijrochilardir. Bank mijozlarining
asosiy hisob-kitob va boshqa operatsiyalarining hisobini yuritish, mijoz-
lar bilan muloqotda bo„lish aynan mas‟ul ijrochilarga yuklatilgan.
Mas‟ul ijrochilar quyidagi vazifalarni bajaradi:
– biriktirib qo„yilgan bank mijozlari va xodimlardan qabul qilingan
hisob-kitob va pul hujjatlariga tegishli ishlov berish;
– taqdim etilgan hujjatlar bo„yicha pul o„tkazish yoki pul to„lash
mumkin yoki mumkin emasligini hisobvaraqlardagi pul mablag„larining
yetarliligi asosida aniqlash;
– kelib tushgan barcha hisob-kitob hujjatlarini operatsiyalar qonu-
niyligi hamda ularning kreditlash va hisob-kitob qilish qoidalariga mu-
vofiqligini tekshirish;
– akkreditiv, chek, to„lov topshirig„i, to„lov talabnomasi, inkasso
topshirig„i va boshqa hujjatlarning hamda ularga ilova qilingan tovar
transport hujjatlarining to„g„ri rasmiylashtirilganini tekshirish, barcha
rekvizitlarning mavjudligini aniqlash;
– pul chekining nomeri imzolar va muhr namunasi tushirilgan kar-
tochkada qayd etilgan chek daftarchasining nomeriga to„g„ri kelishini
tekshirish;
– chek bo„yicha ish haqi uchun mablag„larni belgilangan hajm
doirasida berishini nazorat qilish, bu mablag„lar hisobini yuritish;
– mijozlarning ish haqidan ushlab qolinadigan soliqlar, davlat ijti-
moiy sug„urtasi bo„yicha to„lovlar summalarining o„z vaqtida o„tkazili-
shini nazorat qilish;
– hisob-kitob hujjatlari bo„yicha inkasso kartotekasini, o„z vaqtida
to„lanmagan hujjatlar kartotekasini yuritish;
– mijozlar va bank operatsiyalari bo„yicha shaxsiy hisobvaraqlar-
dagi yozuvlarning to„g„riligini tekshirish va ulardan ko„chirmalarni mi-
jozlarga berish uchun qutilarga joylashtirish;
19
– operatsion kun davomida mijozlarga xizmat ko„rsatish grafigiga
amal qilish va hokazo.