Tayanch so„z va iboralar Buxgalteriya hisobi, balans, hisobvaraq, hisob raqam, hisobvaraq-
lar rejasi, qoldiq (saldo), asosiy hisob raqam, sub hisob raqam, aktiv,
passiv, balans ichidagi hisobvaraqlar, balansdan tashqari hisobvaraqlar,
bankning operatsion ish kuni, ikkiyoqlama yozuv, debet, kredit, mas‟ul
ijrochi, bosh buxgalter, yo„riqnoma.
Takrorlash uchun savollar 1.
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishning asosiy yo„na-
lishlariga nimalar kiradi?
2.
Banklarda buxgalteriya hisobining yuritilishi qaysi me‟yoriy
hujjatlarga asoslanadi?
3.
Bankning hisob-operatsion bo„limining vazifalari nimalardan iborat?
4.
Bank bosh buxgalterining vazifalarini sanab o„ting.
5.
Bank mas‟ul ijrochilari kimlar va ular qanday vazifalarni bajaradilar?
6.
Hisobvaraqlar rejasi va ularning tuzilishini tushuntirib bering.
7.
Hisobvaraqlarning nomerlanishi haqida gapirib bering.
8.
Balans so„zining mazmuni nimadan iborat?
9.
Balans ichidagi va tashqarisidagi hisob raqamlarning farqlari
nimalardan iborat?
10.
Balans tashqarisidagi kontr hisobvaraqlar qanday hollarda ishlatiladi?
11.
Buxgalteriya provodkalarini bajarishning asoslari nimalardan iborat?
12.Aktiv hisobvaraqlarga misollar keltiring.
13.Passiv hisobvaraqlarga nimalar kiradi?
14.Aktiv va passiv hisobvaraqlarning yuritilishi qanday tarzda
amalga oshiriladi?
15.
Hisobvaraqlarning raqamlanishi qanday tartibda amalga oshiriladi?
16.Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisob ma‟lumotlarining
foydalanuvchilari kimlar?
33
Qo„shimcha adabiyotlar 1
. “Banklar va bank faoliyati to„g„risida”gi O„zbekiston Respubli-
kasi Qonuni. 1996-yil