34
II bob. BANKLARDA ANALITIK VA SINTETIK HISOBNING
YURITILISHI
2.1. Analitik va sintetik hisob to„g„risida umumiy tushuncha
Banklarda buxgalteriya hisobi ikki yo„nalishda olib boriladi.
Ulardan biri analitik, ikkinchisi sintetik hisobdir. Banklarda buxgalteriya
ishining
tashkil etilishi, buxgalteriya hisobining
analitik va sintetik
yo„nalishda yuritilishi kompyuter texnikasi qo„llaniladigan
sharoitni
hisobga olgan holda olib boriladi. Buxgalteriya hisobi jahon amaliyotida
va hisob yuritishning xalqaro andozalarida sintetik hisob o„rniga Bosh
kitob deb nomlanuvchi hisob hujjatlari qo„llaniladi. Shuningdek, analitik
hisob o„rniga Yordamchi kitob deb nomlanuvchi
hisob hujjatlaridan
foydalaniladi. Biz nazarda tutgan kitob bir qator hisobvaraqlar guruhidir.
Bosh kitob bu – bank moliyaviy hisobotlarida ko„rsatiladi-
gan hisobvaraqlar guruhidir.
Moliya
hisobotlariga balans hisoboti,
foyda va zararlar
to„g„risidagi hisobot va boshqalarni kiritish mumkin.
Bosh kitobda
birinchi navbat balans hisobvaraqlari bo„yicha jamlama ma‟lumotlar
qayd etiladi. Demak, hisobvaraqlar Bosh kitobda umumiy ma‟lumotni
qayd etadi, lekin batafsil axborot bilan ta‟minlamaydi.
Dostları ilə paylaş: