37
Lekin hozirgi kunda barcha banklarda
operatsiyalar kompyuter
dasturlari yordamida buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Shu sababli
shaxsiy hisobvaraqlarda avvalgidan ko„ra ko„proq ma‟lumotlar ko„rsatil-
moqda. Shaxsiy hisobvaraqlarda quyidagi rekvizitlar yozilgan bo„lishi zarur:
–
shaxsiy hisobvaraqning nomi;
–
shaxsiy hisobvaraqni chop etish tartib raqami (ya‟ni, kompyuter
qo„ygan raqam);
–
shaxsiy hisobvaraqni
tuzgan bank kodi va nomi;
–
shaxsiy hisobvaraqning raqami va uning nomi;
–
hisobvaraqqa xizmat ko„rsatuvchi buxgalterning raqami,
uning
familiyasi, ismi, otasining ismi;
–
ishlov berish sanasi;
–
hisobvaraqdagi so„nggi harakat sanasi;
–
kun boshidagi
qoldiq summasi;
–
kun oxiridagi qoldiq summasi;
–
buxgalteriya yozuvlarining tartibi bo„yicha raqami;
–
hujjat turi;
–
hujjat raqami;
–
hujjat turi (toifasi);
–
vakil bankning kodi;
–
debet bo„yicha
aylanmalar summasi;
–
kredit bo„yicha aylanmalar summasi;
–
debet bo„yicha aylanmaning umumiy summasi;
–
kredit bo„yicha aylanmaning umumiy summasi.
Shaxsiy hisobvaraq rekvizitlaridan biri operatsiya turidir. Ope-
ratsiyalar turini shaxsiy hisobvaraqlarda qayd etish uchun shartli raqam
belgilari qo„llaniladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarda qo„llaniladigan hujjatlar turini
shaxsiy hisobvaraqlarda qayd etish uchun foydalaniladigan shartli raqam
belgilari (shifrlar) “Markaziy bankning banklararo to„lov
tizimi orqali
elektron to„lovlarni amalga oshirish tartibi to„g„risidagi Nizom (ro„yxat
raqami-1545, 2006-yil 14-fevral) da berilgan. Masalan, xatoliklarni tuza-
tish uchun tuziladigan memorial orderlar “06”, to„lov topshiriqnomasi
“01” , tijorat bankining hisob-kitob cheklari uchun esa “14”shartli raqa-
mi bilan belgilangan.
Demak, hujjatlar buxgalteriya qaydidan o„tkazilayotganda shaxsiy
hisobvaraqlarga qo„yiladigan operatsiyalar turining shartli belgilari (shifr-
lari) qo„yiladi.
38
Quyidagi jadvalda shartli raqam belgilarini keltiramiz.
4-jadval.
Dostları ilə paylaş: