36
ochiladigan barcha hisobvaraqlar O„zbekiston Respublikasi Bank Depo-
zitorlari Milliy axborot bazasida qayd etiladi. Bunda har bir mijozga
uning qaysi mulkchilik
shakliga qarashliligi, faoliyat turi va boshqa
belgilariga ko„ra xosraqam, ya‟ni kod beriladi.
Bu kod ushbu mijozga
bankda qanday turdagi shaxsiy hisobvaraq ochilayotgan bo„lsa, ularning
barchasini nomerlashda foydalaniladi. Lekin mijoz hisobvaraq ochish
uchun avvalo o„z bankiga murojaat etadi. Mijoz uchun hisobvaraq ochi-
layotganda bank bosh buxgalteri mijoz taqdim
etgan barcha material-
larni yuridik jihatdan to„g„ri rasmiylashtirilganligini tekshirgandan so„ng
barcha kerakli ma‟lumotlar asosida belgilangan shakl tuziladi. Bu ma‟-
lumotlar fayli Bank Depozitorlari Milliy Axborot bazasiga jo„natiladi.
Barcha hisobvaraq nomerlari 20 xonali sonlardan iborat bo„ladi.
Mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlari mijozlar tomonidan taqdim etilgan,
ayrim hollarda bank xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan birlamchi
hujjatlari asosida tuziladi. Shaxsiy hisobvaraqlar dasturiy yo„l
bilan
tayyorlanadi. Shaxsiy hisobvaraqning elektron nusxasi belgilangan tar-
tibda tekshiruvdan o„tkazilgandan so„ng bankda elektron bazada qoldiri-
ladi. Mijoz uchun qog„ozga chiqarib berilgan nusxa shaxsiy hisobvaraq-
dan ko„chirma bo„lib xizmat qiladi va mijozga beriladi.
Shaxsiy hisobvaraqlarga yozuvlar faqat
belgilangan tartibda ras-
miylashtirilgan hisob-kitob va pul hujjatlari asosida kiritiladi. Shaxsiy
hisobvaraqning sodda shakli quyidagicha ko„rinishda bo„ladi:
3-jadval.
Dostları ilə paylaş: