35
hisobini yuritish maqsadida xorijiy valutadagi hisobvaraqlarni ochishlari
mumkin. Xorijiy valutadagi operatsiyalar bo„yicha Bosh va Yordamchi
kitoblar har bir valuta turi bo„yicha alohida yuritiladi.
Bosh kitob bo„yicha kodlash tizimi besh xonali bo„lishi belgilan-
gan. Dastlab aktiv hisobvaraq kodlari toq, passiv hisobvaraqlarning kod-
lari esa juft sonlardan iborat qilib belgilangan edi. Bu tartib osonroq qa-
bul qilish va eslab qolish uchun ko„zda tutilgan edi. Lekin yangi hisob-
varaqlar kiritilishi munosabati bilan bu tartib bir oz o„zgardi. Balans
hisobvaraqlarida hisob takrorlanadigan yozuv usulida yuritiladi. Ope-
ratsiyalar ular bo„yicha mablag„lar harakatlangan kundan qat‟iy nazar
bajarilgan kuni buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Umuman, sintetik hisob yuritishda Bosh kitobdan va analitik hisob
yurtishda Yordamchi kitoblardan foydalaniladi.
Bosh kitobda bank operatsiyalarini hisobini yuritish, guruhlash va
ularga doir hisobotlarni tuzishda qo„llaniladigan jamlanma ma‟lumotlar
qayd etiladi. Unda har bir hisobvaraq bo„yicha kun boshiga qoldiq, kun
davomida amalga oshirgan operatsiyalarning aylanmasi va kun oxiriga
qoldiq summalari aks ettiriladi.
Yordamchi kitoblarda buxgalteriya operatsiyalari batafsil va to„liq
aks ettiriladi. Yordamchi kitoblarning shakli va turlari har bir bank
tomonidan mustaqil belgilanadi.
Bosh kitob va Yordamchi kitob hisobvaraqlarida hisob operatsiya-
lari albatta ikkiyoqlama yozuv qoidasiga amal qilgan holda qayd etish
yoki ushbu hisobvaraqlar bilan korrespondensiya bo„lgan hisobvaraqlar
raqamlari ko„rsatilishi shart.
Dostları ilə paylaş: