Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o`rganish masalalariga alohida e‘tibor berilmoqda



Yüklə 18,57 Kb.
tarix11.04.2022
ölçüsü18,57 Kb.
#55172
3-mavzu. Mustaqillik yillarida O zbekistonning ma naviy va madan

91


Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o`rganish masalalariga alohida e‘tibor berilmoqda. Sovet davridagi sinfiylik yondashuv va hukmron kommunistik mafkura tayziqi ostida taqiqlangan tarixiy mavzulardagi asarlar chop etilib, xalqimiz tarixini holislik, haqqoniylik asosida tiklash va chuqur, har tomonlama tadqiq qilishga kirishildi. Bu borada o`zbek xalqi va o`zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini holisona ilmiy asosda yoritish vazifalarini Birinchi Prezident I.A. Karimov bir guruhi tarixchilar bilan 1998 yil iyun oyida bo`lgan suhbati va Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g’risida”gi qarorida belgilanishi alohida ahamiyat kasb etdi.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq dunyo taraqqiyotiga, jahon tsivilizatsiyasiga katta xissa qo`shgan ajdodlarimiz - buyuk mutafakkirlar, davlat arboblari ma‘naviy merosini va hayotini o`rganish avj oldi. Jumladan, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband, Burxonuddin Rabg’o`ziy qabilarning asarlari chop etilishi milliy qadriyatlarimizni tiklashda katta yuto`q bo`ldi Vatanimiz ozodligi yo`lidashahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa allomalarimizning hurmati joyiga qo`yildi va ma‘naviy meroslari xalqimizga qaytarildi. Buyuk ajdodlarimiz tavalludlarining yirik sanalarini nishonlash ham xalqimizning ulug’vor an‘analariga aylanmoqda. Jumladan, istiqlol yillarida Alisher Navoiy (1991), Zahiriddin Bobur (1993), Bahovuddin Naqshband (1993), Abduholiq G’ijduvoniy (1993), Fer(1995) kabi buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlari, shuningdek, Mirzo Ulug’bekning 600 yillik (1994), Najmiddin Kubroning 850 yillik (1995), Amir Temurning 660 yillik (1996), Imom Buxoriyning 1225 yillik (1998) va Ahmad Farg’oniyning 1200 yillik (1998) yubileylariga bog’liq tadbirlar nafaqat o`lkamizda, balki Yunesko orqali xalqaro doiralarda nishonlanishi vatandoshlarimizda milliy faxr tuyg’ularini yuksaltirdi. Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Fayzulla Xo`jaev, Jaloliddin Manguberdi va boshqa arboblarning yubileylarini o`tkazish yuzasidan ko`rilgan chora tadbirlar ham ma‘naviy hayotdagi muhim qadamlar bo`ldi Yosh avlodni ma‘naviy barkamollik ruhida tarbiyalashda “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligini nishonlash (1999) ham xissasini qo`shdi.

92
2000 yil 17 noyabr — Samarqandda buyuk fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiyning 1130 yilligi (ushbu yubiley munosabati bilan Samarqand shahrida Moturidiy yodgorlik majmui ochildi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy ta'limoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. 2003 yil 10 may — taniqli o‘zbek shoiri G‘afur G‘ulom tavalludining 100 yilligi yubileyi munosabati bilan Toshkent shahri markazidagi madaniyat va istirohat bog‘iga G‘afur G‘ulom nomi berildi va bog‘da shoir haykali ochildi. 2003 yil 27 noyabr — Buxoro va G‘ijduvon shaharlarida tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Abdulxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi tantanali ravishda inshonlandi.

2006 yil 27 oktyabr – Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi. 2006 yil 2 noyabr – Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000 yilligi Xivada tantanali nishonlandi. 2007 yil 24 – 26 may – Samarqandning 2750 yilligiga bag‘ishlangan «Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o‘rni» mavzuida xalqaro ilmiy simpozium o‘tkazildi. Bu marosim Samarqandda 1997 yildan buyon an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Sharq taronalari» VI xalqaro musiqa festivaliga ulanib ketdi. 2007 yil 7 sentyabr – Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. 2009 yil 26 – 27 may – Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga bag‘ishlangan «O‘zbekiston poytaxti Toshkent – 2200 yoshda» mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.

Respublika rahbariyati, eng avvalo xalqimizning extiyoji, orzu istaklarini hisobga olib, azaliy milliy bayramlarni tiklashga yangi istiqlol bayramlarini xalqning qadimiy an‘analariga monand holda shakllantirishga katta e‘tibor berdi. Masalan, Prezident farmonlari asosida “Navro`z”, “Ramazon hayit”, “Qurbon hayit”lar qonuniy nishonlana boshlandi. Undan tashqari, istiqlol sharofati bilan “Mustaqillik kuni”, “Konstitutsiya kuni” va “Murabbiylar kuni” bayramlari joriy etildi. Davlat tili haqidagi qonun chiqqan kun - 21 Oktyabr tabiiy raviishda “Til bayrami”ga aylandi. Tilimizga Davlat maqomining amalda qaytarilishi, o`zbek tilida rasmiy idoraviy ish yuritish, boy adabiy-tarixiy merosimizni o`qib o`rganish, milliy qadriyatlarni tiklash va izchil davom ettirish imkoniyatini berdi. Shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosining joriy etilishi mamlakatning har tomonlama kamol topishi va jahon komunikatsiyasi tizimiga kirish uchun ancha qulay shart-sharoit yaratib berdi. Ma‘naviy-madaniy merosimizni tiklashda katta ahamiyatga molik yana bir tadbirlardan biri olamshumul tarixiy me‘morchilik inshootlarining keng ko`lamda ta‘mirlanishi, jumladan Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shahrizabz kabi shaharlarda hamda Quva, Chelak tumanlarida tarixiy me‘moriy yodgorliklarning tiklanishi, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarining 2500 yilligini nishonlanish tantanalari, “Buyuk ipak yo`li”ni tiklash borasidagi amaliy ishlar.

Mustaqillikning ilk kunlaridanoq dinga munosabat tubdan o`zgarib, davlat va diniy tashkilotlar o`rtasidagi aloqalarni to`g’ri yo`lga qo`yishga alohida e‘tibor qaratildi. O`zbekiston dunyoviy davlat, binobarin diniy tashkilotlar davlat va maktabdan ajratilgan. Din, shu jumladan islom dini ham xalqning dunyoqarashi va ma‘naviy olamning mazmunini tashkil etadi. “Biz, - deydi Birinchi Prezident I.A. Karimov, - millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o`zligimizni yo`kotamiz”. Diniy qadriyatlarning tiklanishi, eski machit va madrasalarning ta‘mirlanishi yangilarning barpo etilishi, diniy adabiyotlarning nashr etilishi, musulmonlarning Xaj va Umra amallarini ado etishi uchun davlat tomonidan imkoniyatlarning yaratilishi va boshqa chora-tadbirlar respublikamizda vijdon erkinligini ta‘minlamoqda. Qur‘oni Karimning va Hadislar to`plamining o`zbek tiliga tarjima qilinishi va nashr qilinishi ham katta voqea bo`ldi. Islom ta‘limoti va falsafasini keng o`rganish, o`zbek xalqining diniy va madaniy merosini chuqur tadqiq etish maqsadida 1995 yil Toshkentda Halqaro islom tadqiqot markazi tashkil etilib, unga ilmiy tekshirish instituti maqomi berildi. 1999 yilda dinshunoslik asoslari, yo`nalishlarini, ilmiy-tadqiqot tamoyillari, islom dini tarixi, falsafasi, ularning jamiyat hayotidagi o`rni bilan bog’liq masalalarni hamda zamonaviy fanlarni o`zlashtirgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Umuman olganda, hozir O`zbekistonda 20 ortiq diniy konfessiyalar majud bo`lib, turli dinlarga e‘tiqod qiluvchilar o`zaro tinch-totuv yashamoqdalar. Buning zamirida davlat va din o`rtasidagi munosabatlarni belgilovchi tamoyillar katta ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) dindorlarni diniy tuyg’ularini ximoya qilish; 2) diniy e‘tiqodlarni fuqorolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish; 3) diniy qarashlarga amal qiluvchilar va qilmaydiganlarning huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta‘qib qilishga yo`l qo`ymaslik; 4) dindan bo`zg’unchilik maqsadlarida foydalanishga yo`l qo`yib bermasligini e‘tirof etish; 5) diniy davlatlar bilan hokimiyat uchun kurashga siyosat, iqtisodiyot, qonunchilikka aralashishga yo`l qo`ymaslik; 6) ma‘naviy tiklanish, umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirishda diniy uyushmalar bilan hamkorlik qilish.



Lekin shuni ham e‘tirof etishimiz kerakki, so`nggi paytlardan dinimizdan g’arazli maqsadlari uchun foydalanuvchilar paydo bo`la boshladi. Ular xorijdan yurtimizga kirib kelgan turli xil bo`zg’unchi oqimlar, din niqobi ostida shaxsiy manfaatini ko`zlovchi kimsalardir. Bizning fuqorolarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz “haqiqiy” va “soxta” dindorlik nima ekanligini aniq tasavvur qilishlari lozim. o`zlarini chin musulmon, din uchun kurashuvchi deb hisoblaydigan vahhobiylar, xizbut tahrirchilar xalqimizga mudxish tasavvurlarnii qabul qilishni istaydigan terrorchilarni, jangarilarni vujudga keltirishga o`rinadilar. Ba‘zi ekstremistik guruhlarning jinoiy harakatlarini yuqori ko`rinishi bo`lganligini - 1999 yil 16 fevralda Toshkentda ro`y bergan voqealar misolida ko`rish mumkin. Aqidaparastlarning tinch hayotimizga solishi mumkin bo`lgan tahdidlarni oldini olish uchun mafko`raviy, madaniy, ma‘rifiy tarbiyaviy ishlarni izchil ravishda olib borish zamon talabi bo`lmoqda. Din siyosat emas, balki imon, e‘tiqod ekanligini unutmagan holda, diniy ahloqiy qadriyatlardan, islom dinida mavjud bo`lgan imkoniyatlardan mustaqilligimizni mustahkamlashda oqilona ijodiy foydalanish, turli madaniyatlarnig yonma-yon tinch yashash, ekstrimizm, fundamentalizm xavfini oldini olish uchun respublikamizda zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Yüklə 18,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin