Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Bank hisob-operatsion bo„limining tuzilishi



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

1.2. Bank hisob-operatsion bo„limining tuzilishi 
 
Banklarda bajariladigan barcha operatsiyalarning buxgalteriya hi-
sobini olib borish bankning hisob-operatsion bo„limiga yuklatilgan. Hi-
sob-operatsion bo„lim bank faoliyatining ko„lami va yo„nalishi, mijoz-
lar soni hamda boshqa ko„rsatkichlarga qarab bir qancha guruhlardan 
iborat bo„ladi. Bu guruhlarda ish yurituvchilar mas‟ul ijrochi deb ataladi. 
Har bir mas‟ul ijrochiga bir nechta mijozlar bo„lib berilib, ular o„z 
mijozlari bo„lmish yuridik va jismoniy shaxslarning hisob-kitob, kassa, 
valuta, kredit va boshqa operatsiyalari bo„yicha hisob ishlarini olib 
boradilar, ularga xizmat ko„rsatadilar. Bu guruhlar hisob guruhi deyiladi. 
Bundan tashqari, hisob-operatsion bo„limda banklararo hisob-kitoblar 
bo„limi, davlat budjetining kassa ijrosi bo„limi, bank ichki operatsiyala-
rini tashkil etish bo„limi ham mavjud bo„ladi. Bu bo„limlarda ishlovchi 
buxgalterlar soni ham mazkur bo„limda bajariladigan operatsiyalar 
ko„lami bilan belgilanadi.
Banklararo hisob-kitoblar bo„limining vazifasi mas‟ul ijrochilardan 
boshqa banklarga tegishli bo„lib, o„tkazilishi kerak bo„lgan hujjatlarni 
qabul qilish, ularni banklar bo„yicha saralash, hujjatlardagi yozuvlarning 
to„g„riligini filiallararo aylanmalar bo„yicha nazorat qilish va boshqa 
bankka hujjatlarni elektron pochta orqali jo„natishdan iborat. Lekin ho-
zirgi kunda deyarli barcha tijorat banklarida hisob-kitob hujjatlari mas‟ul 
ijrochidan so„ng bosh buxgalter tekshiruvidan o„tkaziladi va elektron 
axborot bankining hisoblash markaziga uzatiladi. Bu yerda elektron 
to„lovni boshqa banklarga o„tkazish ishlari bajariladi. 
Davlat budjetining kassa ijrosi bo„yicha bo„lim buxgalterlari 
davlat budjeti daromadlari va xarajatlari bo„yicha operatsiyalarni tashkil 


12 
etadi, bu operatsiyalar hisobini olib boradi, davlat budjeti xarajatlarining 
to„g„ri va qonuniy sarflanishi ustidan nazorat qiladi. Ichki bank ope-
ratsiyalari bo„yicha bo„limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
– bank asosiy vositalarini, kam baholi va tez eskiradigan buyum-
larni sotib olish, ularning eskirishi, qayta baholanishi hamda hisobdan 
chiqarilishini hisobga olish; 
– bank nomoddiy aktivlarini, materiallarni sotib olish, eskirishi, qay-
ta baholanishi, hisobdan chiqarilishini hisobga olish; 
– bank boshqaruv apparati va xodimlarining xarajatlarini hisoblash 
va hisobga olib borish; 
– bankning barcha daromadlari bo„yicha hisobni olib borish; 
– bankning barcha xarajatlarini hisobga olib borish va hokazo. 
Yuqorida sanab o„tilgan bo„limlar majmuasi bankning hisob-
operatsion bo„limini tashkil etadi. Hisob-operatsion bo„limni bank bosh 
buxgalteri boshqaradi. Bankdagi mijozlar soni, bajaradigan operatsiyalar 
ko„lami va hisob-operatsion bo„limdagi guruhlar soniga qarab bosh 
buxgalterning bir yoki ikki muovini tayinlanadi. Yordamchi va Bosh 
kitoblarda operatsiyalarni qayd etish, dasturli kompyuter tizimida hiso-
botlar tuzish ishlariga umumiy rahbarlik qilish bank bosh buxgalterlariga 
yuklanadi. Agar bosh buxgalter bo„lmasa, ya‟ni mehnat ta‟tilida, xizmat 
safarida yoki kasal bo„lsa, bank rahbarining buyrug„iga ko„ra uning 
muoviniga topshiriladi. Bankning buxgalteriya hisobi va hisobotini 
tashkil etish bilan bankning bosh buxgalteri shug„ullanadi.


Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin