Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


IV. Bosh buxgalterlarning vazifalari



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

 
IV. Bosh buxgalterlarning vazifalari 
18.
Bosh buxgalter buxgalteriya hisobini bank hisob siyosatida va boshqa 
qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar asosida tashkil etib, quyidagilarni ta‟min-
lanishi shart: 
buxgalteriya hisobi ishlarini zamonaviy texnik vositalari va axborot texnolo-
giyasidan foydalangan holda oqilono tashkil etilishi, buxgalteriya hisobi hisobva-
raqlarida bank operatsiyalarini to„g„ri va haqqoniy aks ettirilishi hamda 
foydalanuv-chilar uchun ishonchli moliyaviy hisobotlarni o„z vaqtida taqdim 
qilish; 
bankka kelib tushgan pul hisob-kitob hujjatlarini ularga ishlov beriladigan 
barcha uchastkalardan o„tishining aniq muddatlariga rioya etilib, bankning barcha 
tegishli hisobvaraqlarida aks ettirilib, kunlik balans tuzilishi va uni tegishli joyga 
topshirilishini tashkil etish; 
mijozlarga hisobvaraqlar ochish, ular bilan bog„liq hujjatlarni qabul qilish, 
mijoz hisobvaraqlarini yuritish, Bank Depozitorlari Milliy Axborotlar Bazasi (bun-
dan keyingi o„rinlarda BDMAB deb yuritiladi)ga so„rovnomalar shakllantirish, jo„-
natish va undan ma‟lumotlar qabul qilish, hisobvaraqlarni yopish; 
mijozlardan kelib tushadigan pul hisob-kitob hujjatlarining shakli va maz-
muni bo„yicha to„g„ri rasmiylashtirilishi va ular bo„yicha operatsiyalarni o„z vaqti-
da o„tkazilishi,
ichki bank operatsiyalarining qonuniy tarzda bajarilishini va ular ustidan 
kunlik monitoring o„rnatish, hamda mablag„ va qimmatliklar but saqlanishi;
birlamchi hujjatlar hamda buxgalteriya yozuvlari asosida haqiqiy holatni aks 
ettiruvchi buxgalteriya hisobotlarini tuzish, bu hisobotlarni belgilangan muddatlar-


245 
da O„zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, shuningdek, tegishli organlarga 
taqdim etish; 
elektron to„lov hujjatlarining to„g„ri shakllantirilishini ularning asl nusxasi 
bilan solishtirish orqali tekshirish, agar bu ish bosh buxgalter o„rinbosarii yoki 
buxgalteriyaning boshqa xodimiga yuklatilmagan bo„lsa; 
bank amaliyot kunini to„liq yakunlash va ish kuni oxiriga qadar kunlik 
balans tuzish; 
operatsiyalarni amalga oshirish uchun asos bo„lgan buxgalteriya (kirim-chi-
qim) hujjatlarining asl va elektron nusxalarini o„z vaqtida (ish kuni oxirigacha yoki 
keyingi bank ish kuni ertalab soat 10.00 dan kechiktirmasdan) ushbu Yo„riqnoma-
ning V bob, 7-paragrifida belgilangan tartibda taxlanishi hamda rasmiylashtirilishi, 
shuningdek ularni o„rnatilgan tartibda arxivga topshirilishi; 
o„z tasarrufida bo„lgan bank filiallari, sho„ba va qaram xo„jalik jamiyatlari-
ning buxgalteriya ko„rsatkichlari bo„yicha belgilangan tartibda yillik jamlangan 
moliyaviy hisobotlar tuzish va boshqa bo„linmalar bilan hamkorlikda buxgalteriya 
hisobi va hisoboti ma‟lumotlari asosida bankning moliyaviy faoliyatini iqtisodiy 
tahlil qilib borish; 
moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona, tejamkorlik bilan foydalanilishi 
hamda mulkning but saqlanishi ustidan nazorat olib borilishi. 
buxgalteriya hisobining ilg„or shakl va usullaridan keng foydalanish; 
kelib tushgan pul mablag„lari, qimmatbaho qog„ozlar, tovar-moddiy qim-
matliklar va asosiy vositalar hisobining to„g„ri yuritilishi, shuningdek, ular holati 
va harakati bilan bog„liq operatsiyalarning buxgalteriya hisobida o„z vaqtida aks 
ettirilishi; 
qat‟iy hisobda turuvchi blanklarning but saqlanishi va ular hisobining to„g„ri 
yuritilishi; 
bank daromadlari va xarajatlarini hisoblash usulini qo„llagan holda Bosh ki-
tob va hisobotlarda to„g„ri aks ettirilishi hamda davlat budjetiga va budjetdan tashqari 
jamg„armalarga to„lovlarlarning to„g„ri yozilishi hamda o„z vaqtida o„tkazilishi; 
mijozlarning depozit va ssuda hisobvaraqlari bo„yicha foizlarning to„g„ri va 
belgilangan muddatlarda hisoblanishi; 
xo„jalik shartnomalari tuzishda buxgalteriya hisobiga oid qonunchilik hujjat-
lari talablarining bajarilishi;
kamomad hamda pul mablag„lari va tovar-moddiy qimmatliklarning
talon-taroj qilinishi bo„yicha hujjatlarni taftishdan o„tkazish yuzasidan yuridik xiz-
mat xodimlari tekshiruvlarida qatnashish, tegishli hollarda ushbu materiallar sud va 
tergov organlariga taqdim etilishini nazorat qilish, yuridik xizmat xodimlari ishti-
rok etmagan taqdirda, bu vazifalarni bevosita o„zi bajarish; 
buxgalteriya hisobi, hisoboti, nazorat va iqtisodiy tahlil masalalari yuzasidan 
xodimlarga o„z vaqtida yo„l-yo„riqlar ko„rsatib borish; 
buxgalteriya hujjatlarining but saqlanishi, ularning o„rnatilgan tartibda 
rasmiylashtirilishi va arxivga topshirilishi. 
19.
Bosh buxgalter tegishli bo„linmalar va xizmatlarning rahbarlari bilan bir-
galikda quyidagilarni sinchiklab nazorat qilishi shart: 


246 
a) tovar-moddiy qimmatliklarning qabul qilinishi va topshirilishini rasmiy-
lashtirishda belgilangan qoidalarga rioya etilishini; 
b) ish haqi fondining to„g„ri sarflanishi, mansab maoshlarining to„g„ri belgi-
lanishi, shtatlar, moliya va kassa intizomiga qat‟iy rioya etilishini; 
v) pul mablag„lari, tovar-moddiy qimmatliklar, asosiy fondlarni yo„qlama 
qilish, hisob-kitoblar va to„lov majburiyatlarini bajarishning belgilangan qoidalari-
ga rioya etilishini; 
g) belgilangan muddatlarda debitorlik qarzi undirib olinishi va kreditorlik 
qarzining qaytarilishi, to„lov intizomiga rioya etishni; 
d) kamomadlar, debitorlik qarzi va boshqa yo„qotishlarni buxgalteriya hiso-
bining balans hisobotlaridan qonuniy tarzda chiqarilishini. 
20.
Bank tarkibida mustaqil moliya xizmati bo„lgan hollarda, bosh buxgalter 
zimmasiga bankning moliyaviy hisob-kitob operatsiyalarning qonuniyligini, o„z 
vaqtida va to„g„ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish vazifalari yuklatiladi. 
21.
Bosh buxgalter bankning ichki nazorat va ichki audit xodimlari bilan bir-
galikda kamomadlar yuzaga kelishi, pul mablag„lari va tovar-moddiy qimmatlik-
larning noqonuniy tarzda sarflanishining oldini oluvchi tadbirlarni tayyorlashda 
faol qatnashishi shart. Mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar 
qilinayotgani (ya‟ni oshirib yozish, mablag„lardan noto„g„ri foydalanish hamda 
boshqa qoidabuzarlik va mansabni suiste‟mol qilish hollari) ma‟lum bo„lib qolgan 
hollarda bosh buxgalter chora ko„rish uchun bu haqda bank rahbariga axborot beradi. 
22.
Bosh buxgalter bank rahbari bilan birgalikda bank faoliyatini tashqi 
audit, Markaziy bank inspektorlari va boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan o„t-
kazilgan tekshiruvlar natijasida buxgalteriya bo„yicha aniqlangan kamchiliklarni 
bartaraf etish bo„yicha barcha choralarni ko„rishlari shart.
23.
Pul mablag„lari va tovar-moddiy qimmatliklarni qabul qilish hamda be-
rish uchun asos bo„lib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek kredit va hisob-kitob 
majburiyatnomalari rahbar va bosh buxgalter yoki ular shunday vakolat berilgan 
boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi. Ushbu vakolatli shaxslarga hujjatlarni 
imzolash huquqining berilishi to„g„risida bank bo„yicha chiqariladigan buyruq 
bilan rasmiylashtirilishi kerak. 
Yuqorida aytilgan hujjatlarga bosh buxgalter yoki shunday vakolat berilgan 
boshqa shaxslar tomonidan imzo chekilmasa, ular haqiqiy emas deb hisoblanadi va 
mazkur bankning mas‟ul shaxslari hamda buxgalteriya xodimlari tomonidan ijroga 
qabul qilinmaydi. 
24.
Bosh buxgalterning pul mablag„lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatlik-
larni qabul qilish, saqlash va sarflash bo„yicha qonunchilikka zid bo„lgan 
operatsiyalar bilan bog„liq hujjatlarni ijroga qabul qilishi hamda rasmiylashtirishi 
ta‟qiqlanadi. 
Bank rahbaridan shunday xatti-harakat qilish to„g„risida farmoyish olingan 
hollarda, buxgalter uni ijro etmay turib, yozma ravishda rahbar e‟tiborini u bergan 
farmoyish noqonuniy ekanligiga qaratadi. Rahbardan yozma farmoyish olingan 
yoki hujjatga ikkinchi imzo qo„yilgan hollarda bosh buxgalter uni bajaradi. Bunda 
bajarilgan operatsiya noqonuniyligi uchun butun javobgarlik bank rahbari 


247 
zimmasi-ga tushadi. Bank rahbari o„zi qabul qilgan qaror to„g„risida yozma 
ravishda darhol yuqori turgan bank rahbariga yozma ravishda xabar berishi shart. 
Shunday xabarni olgan yuqori bank rahbari uni zudlik bilan ko„rib chiqadi 
hamda tegishli qaror qabul qilib, bu haqda bank Boshqaruv raisiga xabar beradi. 
25.
Bosh buxgalter vakolatli tashkilotlar tomonidan tashkil qilinadigan max-
sus kurslarda har yili o„z malakasini oshirib borishi, o„zi boshqarayotgan buxgalteriya 
apparati xodimlarining malakasini oshirib borishni tashkil qilish va har yili albatta 
bir marta ularni attestasiyadan o„tkazishi shart.
Ushbu Nizomda sanab o„tilgan bosh buxgalter vazifalari ular bajarishlari lo-
zim bo„lgan barcha vazifalarni qamrab olmagan, shu sababli bank rahbariyati to-
monidan amaldagi qonun hujjatlari va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standart-
lari talablaridan kelib chiqqan holda bosh buxgalterlarga buxgalteriya hisobini 
yuritishga oid boshqa vazifalar qo„shimcha ravishda yuklatilishi mumkin. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin