Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

SH A R T N O M A 
 
«___»_______2009-yil 
Tijorat banki (Tijorat banki bo„linmasi) ________________ Bundan keyin 
AT banki deb ataluvchi, uning nomidan _______________________________ 
________________________________ Rahbar, uning o„rinbosari yoki mas‟ul 
shaxsning unvoni ____________________________________________________ 
Nasabi, Ismi, Otasining ismi 
Bir tomondan __________________________ asosida harakat qiluvchi bank 
nizomi yoki bank rahbari nomidan dalolatnoma. 
__________________________________________________________________ 
xo„jalik yurgizuvchi subyektning to„liq nomi 
__________________________________________________________________
___________________vakolatida________ 
rahbar lavozimi yoki mas‟uldor shaxsning vazifasi 
__________________________________________________________________ 
uning nasabi, ismi, otasining ismi 
___________________________ asosida harakat qiluvchi ____________ 
tasdiqlovchi hujjatning nomi 
____________________________________________________________ 
shartnomaga imzo chekuvchi shaxsning mas‟uldorligi va ikkinchi tomondan 
bundan keyin «Mijoz» deb ataluvchi o„zaro quyidagi shartnomani tuzdilar: 
1. SHARTNOMA MOHIYATI 
 
Mijoz topshirig„i bilan bank uning uchun talab qilgungacha depozit hisob 
raqamini ochish, (keyin matnga hisobvarag„i) hamda amalda bo„lgan qonunchilik 
bo„yicha uning Nizom yuzasidan hisob-kitob va kassa xizmati faoliyatini ta‟min-
lash majburiyatini o„z zimmasiga oladi. 
2. TOMONLAR MAJBURIYATI 
 
2.1.Bank quyidagilarni zimmasiga oladi: 
2.1.1.Mijozning barcha hisob-kitob kassa xizmatini olib borish va uning 
topshirig„iga binoan harakatda bo„lgan qonunchilik va O„zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki rejalashtirish yo„riqnomalarida nazarda tutilgan hamma hisob-
kitob va kassa operatsiyalarini bajarish shu jumladan: 
a) mijozning pul mablag„larini unga ta‟luqli bo„lgan bir hisob raqamidan bosh-
qasiga, shuningdek, istagan shaxs hisob raqamiga ko„chirish topshirig„ini bajarish: 
b) hisob-kitob hujjatlarini to„latish: 


253 
v) mijozning boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslardan tegishli bo„lgan pul 
mablag„larini undirib olish va uning hisob raqamiga ko„chirish (inkasso) yuzasidan 
topshirig„ini bajarish; 
g) mijozning harakatidagi qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga ko„ra 
naqd pulini qabul qilish va unga naqd pul to„lash yuzasidan talabini qondirish; 
Hisob-kitob kassa xizmatiga tegishli bo„lmagan boshqa turdagi ishlar (kre-
ditlashtirish, faktoring, lizing xarid qilish, qimmatli qog„ozlarni joylashtirish va 
asrash, kafolatli va boshqa operatsiyalarni) bank tomonidan mijoz bilan tuzilgan 
alohida shartnomalar vositasida amalga oshiriladi. 
Mijozga xizmat ko„rsatish qat‟iy ajratilgan vaqtda soat__dan ____gacha 
(shanba, yakshanba va bayram kunlari istisno qilingan holda) amalga oshiriladi. 
2.1.2. Mijozning xohishi bo„yicha uning bilan hisob-kitob operatsiyalarini 
O„zbekiston Respublikasi hududidan harakatda bo„lgan naqd pulsiz qoidalari aso-
sida yuritilishini ta‟minlash. Mijozning hisob raqamidan mablag„ chegirish, uning 
topshirig„i yoki roziligi bilan bankka hisob-kitob hujjatlari kelib tushgandan so„ng, 
kechiktirilmay ikkinchi kunida amalga oshiriladi. Mijozning hisob raqamidan 
uning roziligini olmay turib, chegirish bank tomonidan maxsus xollarda qonunchi-
lik nuqtayi nazaridan yoki mijoz hamda uchinchi shaxs o„rtasidagi shartnomaga 
asosan amalga oshirilishi mumkin. 
2.1.3. Bank to„lov hujjatlarini qabul qilganda ularning zarur bo„lgan belgilari 
to„g„ri to„ldirilganligini tekshiradi va mablag„ini tegishli yo„nalish bo„yicha uch ish 
kuni davomida o„tkazilishini ta‟minlaydi. 
2.1.4. Naqd pulni qabul qilib olish bank muassasalaridagi kassa ishi qoidalari 
asosida amalga oshiriladi. 
2.1.5. Mijozni hisob-kitob kassa hujjatlari: chek daftarchalari, naqd pul ba-
dallari va boshqa to„lovlari rasmiy qog„ozlari bilan ta‟minlash. Mijoz talabi bilan 
uning ishonchli vakiliga hisob raqamidan ko„chirmalarni, tegishli ilova hujjatlari-
ning berilishini yo„lga qo„yish. 
2.1.6. Bank mijozning hisob raqami bo„yicha o„tkaziladigan operatsiyalar ha-
qida ma‟lumotnomalar uchinchi shaxsga faqat harakatdagi qonunchilikda ko„zda 
tutilgan talablar asosida taqdim etilishi mumkin. 
2.1.7. Hisob-kitob, bank texnikasi, hujjatlarni ayirboshlash, hisob-kitob-kassa 
xizmatiga bevosita aloqador bo„lgan masalalar bo„yicha mijoz bilan tushuntirish 
ishlari olib borish. 
2.1.8. Ishonib topshirilgan pul mablag„lari asralishini ta‟minlash. Bank mi-
joz bilan olib borilayotgan hisob-kitob-kassa hujjatlarining to„g„riligiga aniq bir 
shubxalarga ega bo„lganda operatsiya ishlarini amalga oshirishdan voz kechib, bu 
haqda mijozga yoki birinchi va ikkinchi imzo chekish huquqiga ega bo„lgan man-
sabdor shaxsga ma‟lum qilishi kerak. 
2.1.9. Mijozning buyurtmasiga muvofiq belgilangan yo„nalishga yetib bor-
magan uning moliyaviy mablag„larini qidirib aniqlash tadbirlarini amalga oshirish. 
2.2. Mijoz quyidagilarni zimmasiga oladi: 
2.2.1. Bankka hisob raqamini ochish va uni olib borish bilan bog„liq bo„lgan 
barcha hujjatlarni (talab qilguncha depozit hisob raqami) taqdim etish. 


254 
2.2.2. Bankda o„rnatilgan ish tartibiga, to„lov hujjatlarini to„ldirish va taq-
dim qilish jarayoniga rioya qilish. O„zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
harakatda bo„lgan qo„llanmalari va boshqa rejalashtirish hujjatlar talabiga rioya 
qilish. 
2.2.3. Yilning har choragida mijozning naqd mablag„larga ehtiyojini aniq-
lashga imkon beradigan qoida-tartib bo„yicha uch oylikning dastlabki oyi ___ kun-
gacha bo„lajak rejalar bo„yicha buyurtma taqdim etish. 
2.2.4. Bank xazinasidan naqd pul olish oldidan bankka pul chekini taqdim etish. 
2.2.5. Mazkur shartnomaning 4-bandida ko„rsatilgan tartib bo„yicha hisob-
kitob-kassa xizmati to„lovlari bankga o„tkazish. 
2.2.6. O„z hisob raqami bo„yicha tasdiq qog„ozlari olingan kundan boshlab 2 
ish kuni davomida (yoki o„z hisob raqami holati bo„yicha qabul qilingan axborot-
nomadan so„ng) hisob raqamiga tushgan begona mablag„lar haqida bankka ma‟lu-
mot berish. 
2.2.7. Boshqa davlatlar subyektlari, shuningdek, zarur bo„lganda eksport va 
import operatsiyalari bo„yicha tegishli hujjatlarni bank talabiga muvofiq tayyorlab 
taqdim etish. 
2.2.8. Mazkur shartnoma kuchga ega bo„lgan davr mobaynida hisob raqamida 
____________ so„m mablag„ bo„lishini ta‟minlash. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin