60
ehtiyojlar uchun naqd pul mablag„larini berishning o„rnatilgan tartibla-
rini buzganliklari uchun tijorat banklariga jarima sanktsiyalarini qo„llash
tartibi to„g„risida”gi Nizomda belgilangan jarima jazolari qo„llaniladi.
Hisobvaraq egasi unga ko„chirmalar berilganidan keyin ikki ish
kuni mobaynida bankka hisobvaraq krediti yoki debetiga xato yozilgan
summalar haqida yozma ravishda xabar qilishi shart. Agar shu muddat
ichida mijoz o„z e‟tirozini bildirmasa, bajarilgan operatsiyalar hamda
hisobvaraqdagi mablag„ qoldig„i tasdiqlangan hisoblanadi.
Banklar qonun hujjatlariga muvofiq mijozlarning hisobvaraqlari
bo„yicha operatsiyalarni to„xtatib turishga hamda qonunchilikka zid
operatsiyalarni bajarishni rad etishga haqlidirlar.
Agar mijozning bankka taqdim qilgan pul hisob-kitob hujjatlarida
belgilangan talablarga zid bo„lgan kamchilik va nuqsonlar aniqlansa,
hujjatdagi imzolar, muhr izi yoki yozuvlar xususida shubhalansa, bank
xodimlari ushbu hujjatni qabul qilishdan bosh tortadi hamda buning
uchun javob bermaydi.
Dostları ilə paylaş: