56
ga ijroga qabul qilinmasdan qaytarilishi lozim. Summasi, mijozlar nomi
va ularning hisobvaraqlari raqami o„zgartirilgan to„lov hujjatlari,
hatto
mijozlar tomonidan o„zaro kelishilgan tartibda tuzatish kiritilgan bo„lsa
ham ijro uchun qabul qilinmaydi.
To„lov talabnomalari sanasi bank qabul qilgan sanaga mos tusha-
digan reyestri bor bo„lgan holatda inkassoga qabul qilinadi.
Agarda bank hisobvarag„i shartnomasida boshqacha tartib ko„zda
tutilmagan bo„lsa, to„lov topshiriqnomasi bank tomonidan mijozning ta-
lab qilib olguncha depozit hisobvarag„ida to„lov uchun yetarli mablag„-
lar mavjud bo„lgandagina qabul qilinadi. Budjetga va budjetdan tashqari
jamg„armalarga to„lovlar bo„yicha taqdim qilingan to„lov topshiriq-
nomalari mijozning hisobvarag„ida to„lov uchun yetarli mablag„lar mav-
jud bo„lmaganda 2-son kartotekaga kirim qilinadi.
To„lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo„yish uchun foydalanila-
digan e‟lonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil
bo„lishi kerak, aks holda ular ijro uchun qabul qilinmaydi (oldingi ish
kunida “kechki” muhri bilan hamda budjet
va budjetdan tashqari jam-
g„armalarga to„lovlar uchun qabul qilingan to„lov topshiriqnomalari
bundan mustasno).
Mas‟ul ijrochi buxgalter yoki Front-ofis xodimi to„lov hujjati nus-
xalarini imzolashdan oldin, ularni solishtirib, o„zaro bir xilligiga ishonch
hosil qilishi lozim. Shundan so„ng, ijro etish sanasi ko„rsatilgan holda
mas‟ul xodim imzosi bilan tasdiqlangan va unga biriktirilgan bank
shtampi qo„yilgan hujjatning oxirgi nusxasi mijozga qaytariladi.
Ushbu
nusxa hujjatlar ijro uchun qabul qilinganini tasdiqlovchi tilxat vazifasini
bajaradi.
Naqd pulni berishda ishlatiladigan cheklar to„ldirilgan kundan
boshlab, (to„ldirilgan kunni hisobga olmagan va hujjatda ko„rsatilgan
sana to„g„rilanmagan holda) 10 kalendar kun davomida bank tomonidan
qabul qilinadi. Mas‟ul xodim qabul qilingan naqd pul chekining sanasi,
chekni topshirgan xo„jalik subyektining nomi va hisobvaraq raqamini,
olinadigan mablag„ning raqam va so„z bilan yozilgan summasini
tekshiradi, chekdagi imzolar va muhr izini o„zidagi
imzo namunalari
bilan solishtiradi. Shuningdek, naqd pul cheklarini belgilangan tartibda
rasmiylashtirilganligini tekshirib chiqadi.
Front-ofis xodimi yoki mas‟ul ijrochi buxgalter mijozlardan qabul
qilingan barcha pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalariga asosan
ma‟lumotlarni dasturga kiritadi va to„lov
hujjatlarini imzolab, elektron
57
to„lov tizimi orqali ularni joriy nazoratdan o„tkazish uchun Bek-ofis
yoki nazoratchi buxgalterga yuboradi.
Dostları ilə paylaş: