Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


 Qimmatli qog„ozlar bilan anderrayting operatsiyalari hisobi



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

6.4. Qimmatli qog„ozlar bilan anderrayting operatsiyalari hisobi 
 
Banklarning qimmatli qog„ozlar bilan operatsiyalaridan biri ander-
rayting operatsiyalaridir. Anderrayting operatsiyalari – qimmatli qog„oz-
larni ularning birinchi egalariga sotish hamda emitent topshirig„iga ko„ra 
qimmatli qog„ozlarni so„ndirish operatsiyalaridir.
Qimmatli qog„ozlar emitentdan joylashtirish uchun olinganda 
quyidagi buxgalteriya o„tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 93616 – “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qo-
g„ozlari” yoki 
93623 – “Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog„ozlar/tijorat 
hujjatlari” 
Kredit 96379 – “Saqlanayotgan qimmatli qog„ozlar va boshqa qim-
matbaho buyumlar bo„yicha kontr-hisobvaraq”. 
Emitentning qimmatli qog„ozlarini joylashtirishdan olingan pul 
mablag„larining hisobi 22608 – “Mijozlarning qimmatli qog„ozlar bilan 
bo„ladigan operatsiyalar bo„yicha mablag„lari” balans hisobvarag„ining 
“Qimmatli qog„ozlarning chiqarilishiga xizmat ko„rsatish bilan bog„liq 
emitentlar mablag„lari” alohida shaxsiy hisobvarag„ida hisobga olinadi.
Qimmatli qog„ozlarni ularning birinchi egalariga joylashtirishda
shuningdek, joylashtirilmagan qimmatli qog„ozlarni emitentga qayta-
rishda qimmatli qog„ozlarning nominal qiymati bo„yicha quyidagi bux-
galteriya o„tkazmasi amalga oshiriladi: 
Debet 96379 – “Saqlanayotgan qimmatli qog„ozlar va boshqa qim-
matbaho buyumlar bo„yicha kontr-hisobvaraq” 
Kredit 93616 – “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qo-
g„ozlari” yoki 
93623 – “Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog„ozlar/tijorat 
hujjatlari”. 
Bank qimmatli qog„ozlarni emitent topshirig„iga asosan emitent 
mablag„lari hisobiga so„ndiradi. Emitentdan olingan mablag„lar 22608 - 
“Mijozlarning qimmatli qog„ozlar bilan bo„ladigan operatsiyalar 
bo„yicha mablag„lari” hisobvarag„ining “Qimmatli qog„ozlarni chiqarish 
bo„yicha emitentlarning mablag„lari” alohida shaxsiy hisobvarag„ida hi-
sobga olinadi. Emitentning qimmatli qog„ozlari so„ndirilganda, so„ndi-
rish summasiga quyidagi buxgalteriya o„tkazmasi amalga oshiriladi. 
Debet 22608 – “Mijozlarning qimmatli qog„ozlar bilan bo„ladigan 
operatsiyalar bo„yicha mablag„lari”; 


133 
Kredit 10101 – “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning va-
killik hisobvarag„i yoki mijoz hisobvarag„i. 
Bir vaqtning o„zida so„ndirilgan qimmatli qog„ozlarning blanka-
lari 90303 – “Davlatning qimmatli qog„ozlari blankalari” va 96305 – 
“Davlatning qimmatli qog„ozlari blankalari bo„yicha kontr-hisobvaraq” 
nomli ko„zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga 1 so„m shartli bahoda 
kirim qilinadi. Boshqa tashkilot va muassasalarning qimmatli qog„ozlari 
blankalari esa 90317 va 96315 ko„zda tutilmagan holatlar hisobvaraqla-
riga kirim qilinadi. Emitent topshirig„iga ko„ra so„ndirilgan qimmatli 
qog„ozlarning blankalarini emitentga o„tkazishda teskari provodkalar 
o„tkaziladi.
Anderrayting xizmatlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar 
45294 – “Boshqa ko„rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan 
daromadlar” hisobvarag„ining “Qimmatli qog„ozlarni chiqarilishiga xiz-
mat ko„rsatish bo„yicha bank operatsiyalaridan olingan daromadlar” 
alohida shaxsiy hisobvarag„ida hisobga olinadi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin