Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Elektron to„lovlar tizimi bu



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/198
tarix22.09.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#146793
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   198
Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika 2010 @iqtisodchi

Elektron to„lovlar tizimi bu
– umumdavlat tizimi bo„lib, bank-
lararo to„lovlarni tashkil etadi va u qog„ozsiz texnologiyalarni O„zbe-
kiston Respublikasi Markaziy banki elektron pochta vositalari orqali 
o„tkazilishiga asoslangan. 
Hozirgi kunda elektron to„lovlar tizimi yuqori o„tkazish imkoniya-
tiga ega bo„lib, to„lovlarning respublika miqyosida 15-20 daqiqa mobay-
nida o„tishini ta‟minlaydi. Elektron to„lovlar tizimi quyidagi funksiya-
larni bajaradi: 


140 
1. O„zbekiston Respublikasi banklari o„rtasida naqd pulsiz hisob-
kitoblarni jadallashtirish; 
2. Uzatiladigan elektron to„lov hujjatlarini ruxsatsiz tashqi daxl 
etishdan himoya qilish; 
3. Banklarning vaqtincha pul resurslaridan samarali foydalanish; 
4. Kredit va risk darajasini boshqarish; 
5. To„lov operatsiyalarini tartibga soluvchi qonun va qoidalarga 
rioya qilish; 
6. Tijorat banklari tomonidan amaldagi qonunchilikka va bank fao-
liyati me‟yoriy hujjatlariga rioya qilinishi bo„yicha Markaziy bankning 
nazorat va kuzatuv funksiyalarini bajarish; 
7. Ma‟lumotlar bazasini yaratish. 
Elektron to„lovlarni o„tkazishda initsiator va benifitsiar banklar 
ishtirok etadi. Initsiator bank bu – to„lov operatsiyalarini boshlovchi 
bank, benifitsiar bank esa to„lov operatsiyalarini yakunlovchi bankdir. 
Banklar o„rtasidagi hisob-kitoblar elektron to„lov hujjatlari asosida 
amalga oshiriladi. Elektron to„lov hujjati O„zbekiston Respublikasi Mar-
kaziy banki tomonidan belgilangan shaklda pul hisob-kitob hujjatlari asl 
nusxasi asosida yaratilgan “elektron” belgili hujjat bo„lib, uning asosiy 
nusxasi hisoblanadi va asl nusxa kuchiga ega bo„ladi. Elektron to„lovlar 
tizimida uzatish uchun mo„ljallangan hujjatlarning to„g„ri to„ldirilganligi 
uchun bank mijozi javobgar bo„ladi.
Hududiy axborotlashtirish markaziga qayta ishlash uchun uzatila-
digan elektron to„lov hujjatlarini hisoblab o„tkazish, hisobdan chiqarish 
va ularning elektron fayllarini shakllantirilishi to„g„riligi uchun javob-
garlik initsiator bankka, hududiy axborotlashtirish markazidan qabul qili-
nadigan to„lov hujjatlari uchun javobgarlik esa benifitsiar bankka yuklatiladi. 
Elektron to„lov tizimi bir qator prinsiplar asosida faoliyat ko„rsatib, 
ular quyidagilardir:
1. To„lovlar bo„yicha transaksiyani o„tkazish tashabbusi initsiator-
bankka tegishli bo„ladi; 
2. To„lovni amalga oshirishdan oldin operatsion kunning boshida 
tijorat banklarining ichki va tashqi vakillik hisobvaraqlaridagi aylanma-
lar va qoldiq mablag„lari bir-biriga muvofiqligi tekshiriladi;
3. Amalga oshirilgan transaksiya qaytarilmaydi;
4. To„lovlarning eng yuqori summasi cheklanmagan;


141 
5. To„lovlarning initsiator – bank tomonidan vakillik hisobvara-
g„idagi mablag„ qoldigi chegarasida to„lanadi. Undan ortiqcha mablag„ 
sarflash overdraft summasi miqdorida amalga oshirilishi mumkin. 
Elektron to„lovlar ishtirokchilari O„zbekiston Respublikasi Marka-
ziy bankining Axborotlash markazlari va hisob-kitob markazlaridir. 
Elektron to„lovlar tizimidan foydalanuvchilar hisob-kitob kassa markaz-
lari va tijorat banklari hisoblanadi. Elektron to„lovlar tizimi ishtirokchi-
lari va foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari tijorat banklari, 
axborotlash markazlari va hisob-kitob markazlari o„rtasida tuzilgan 
shartnoma bilan tartibga solinib turiladi.
Har bir bank elektron to„lovlar tizimiga ko„shilishi uchun avvalo 
Respublika Markaziy bankida ro„yxatga olingan hamda BDMAB 
tomonidan unikal kod berilgan bo„lishi lozim. Shu bilan birga, ushbu 
bank elektron to„lovlar tizimiga chiqish imkoniyatini beradigan tegishli 
dasturiy majmuaga ega bo„lishi lozim. Shundan so„ng bank elektron 
to„lovlar tizimiga ulanguncha axborotlashtirish bosh markazi xodimlari 
yordamida ma‟lumotlarni qabul qilish, uzatish bo„yicha bir necha sinov 
tajribalarini o„tkazish yo„li bilan bank tayyorgarligining haftalik tajriba 
tekshiruvi o„tkaziladi. Bunday tajriba tekshiruv ishlari ijobiy natija 
olguncha davom ettiriladi.
Tajriba tugagandan so„ng hududiy axborotlashtirish markazida 
bankning elekron to„lovlar tizimida ishlashga tayyor ekanligi to„g„risida 
dalolatnoma tuziladi va bank elektron to„lovlar tizimiga qo„shiladi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin