Mavzu: Xususiy kapital va uning samaradorligi tahlili Reja:
Kirish
Korxonaning xususiy kapitali tarkibi va uning tuzilishi
Xususiy kapitalning o`zgarishi tahlili
Xususiy kapital samaradorligini ifodalovchi ko`rsatkichlar va ularni tahlil etish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi yuqori raqobatli bozor iqtisodiyoti sharoitida kompaniyalar barqaror faoliyati o'z resurslardan oqilona foydalanishga bog'liq hisoblanadi. Bunda korxonalarda xususiy kapital miqdorini ko’paytirish hamda undan samarali foydalanish muhim аmаliy аhаmiyat kаsb etаdi. Kompaniya va korxonalarning hissasi mamlakat YAIMda katta qismni tashkil etib, ularning faoliyati butun iqtisodiyotga ta'sir qilmasdan qolmaydi. Bu to`g`risida muhtaram Prezidentimiz tomonidan bir qator farmonlar ishlab chiqaldi. Jumladan O`zbekiton Respublikasi Prezidentininig “ Davlat aktivlarini xususiylashtirish to`g`risida” gi 11.02.2021 yildagi PF -6167-sonli va “ Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to`g`risida” gi 27.10.2020 yildagi PF-6069-sonli farmolari yaqqol misol bo`laoladi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida uchinchi ustuvor yo’nalish “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari” – deb nomlanib, unda davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg’armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish kabi ishlar ko'zda tutilgan.
Hududlarda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, mahalliy korxonalarni qo’llab quvvatlash, ularning ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash negizida aynan shu korxonalar va kompaniyalarni xususiy kapitali hajmini oshrish yotadi desak xato bolmaydi. Shu bois, korxonalarda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o’z navbatida mazkur mavzuning dolzarbligini bildiradi.