Buxgalteriya hisobidagi avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari Reja: 1. Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining umumiy ta'rifi.
2. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari.
3. Yirik korxonalar buxgalteriya hisobi masalalarini kompyuterda qayta ishlash texnologiyalari.
4. Kichik biznes korxonalarida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish tizimlari.
1. Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining umumiy ta'rifi. Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari asosida majmualarga birlashtirilgan, hisobning alohida uchastkalari tomonidan bajariladigan hisob vazifalarini hisoblash bajariladi. Vazifalar majmuasi iqtisodiy mazmunini aniqlash, tasdiqlangan sintetik schyotlarni olib borish, birlamchi va yig’ma hujjatlar, hisoblash algoritmlarining o’zaro aloqalari hamda hisobning aniq uchastkasining uslubiy materiallari va me'yoriy hujjatlari bilan ta'riflanadi.
Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari an'anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini o’z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish haqi (maosh) hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqish harajatlari hisobi, yig’ma hisob va hisobotlarni tuzish
2. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari. Hozirga bosqichda buxgalteriya vazifalarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida markazlashtirilgan holda ishlab chiqish asosiy rolni o’ynaydi:
• foydalanuvchining ish joyida o’rnatilgan kompyuterlarni qo’llash, bu yerda vazifalarni yechish hisobchi tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi;
• korxona (tashkilot, firma)ning turli xildagi bo’linmalari iqtisodiy vazifalarini integratsiyalangan holda ishlab chiqilishini ta'minlovchi mahalliy va ko’p bosqichli hisoblash tarmoqlarini shakllantirish;
• hisoblash texnikasida bajariladigan buxgalteriya hisoblashlar tarkibini ancha ko’paytirish;
• har xil bo’linmalar uchun korxonaning yagona taqsimlangan ma'lumotlar bazasini yaratish;
• birlamchi buxgalteriya hujjatlarini mashinada shakllantirish imkoniyatlari, bu qog’ozsiz texnologiyalarga o’tishni ta'minlaydi va hujjatlarni yig’ish va ro’yhatga olish bo’yicha operatsiyalar mehnat talabligi darajasini kamaytiradi;
• buxgalteriya vazifalari majmualarini yechishni integratsiyalash;
• dialogli usulda amalga oshirish yo’li bilan axborot xizmat ko’rsatishni tashkil qilish imkoniyati.