Buxgalteriya hisobidagi avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari Reja


Yirik korxonalar buxgalteriya hisobi masalalarini kompyuterda qayta ishlash texnologiyalari



Yüklə 19,9 Kb.
səhifə2/3
tarix18.05.2023
ölçüsü19,9 Kb.
#116623
1   2   3
Buxgalteriya-hisobidagi-avtomatlashtirilgan-axborot tizimlari va texnologiyalari

3. Yirik korxonalar buxgalteriya hisobi masalalarini kompyuterda qayta ishlash texnologiyalari.
Hozirgi vaqtda BHATning yangi iste'molchilari — yirik korxonalar menejerlari uchun bozor sharoitlarida nafaqat hisob vazifalarini avtomatlashtirish, balki korxonalarni boshqarishning samaradorligini oshirish, moliyaviy muvozanatni saqlab qolish, barqaror foyda olish imkoniyati muhimdir. Shuning uchun ham yirik korxonalarning BHATi quyidagilarni ta'minlashi kerak:
• buxgalteriya hisobi, rejalashtirish, korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatining tahlili, hamda ichki audit vazifalarining butun majmuasini avtomatlash­tirilgan holda yechimini;
• korxonadagi ishlarning joriy holati haqida tezkor, doimo o’zgarib turuvchi axborotlarini olishni. Bunday usul, masalan, o’z resurslaridan samarali foydalanishga xarakat qilayotgan yirik sanoat korxonala­ri uchun ham, tovarlar va boshqa mablag’larning harakati va mavjudligi haqidagi axborotlar qisqa vaqt ichida yangilanmagan hollarda zararlar ko’rishi mum­kin bo’lgan yirik savdo uylari uchun ham, hamda katta hajmdagi mablag’larning doimiy harakati sodir bo’ladigan boshqa korxonalar uchun ham muhimdir. Bunda asosiy e'tibor tezkor tahliliy hisoblarni va kiritilgan moliyaviy resurslardan foydalanish bo’yicha ma'lumotlarni olishga qaratilishi kerak;
• birlashtirilgan holda ham boshqarish, ham umumlashtirilgan moliyaviy hisobotni olish imkoniyati. Yirik korxonalar filiallar va uzoq masofadan omborlarga ega bo’lishlari mumkin. Bundan tashqari, bun­day korxonaning mablag’lari mulkdorlar guruhiga tegishli bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham bunday tizimlardan markazdan turib tezkor boshqarish uchun ma'lumotlarni almashtirishni amalga oshirish imkoniyatiga ega uzoqlashtirilgan ish joylarining mavjudli­gi muhimdir.


4. Kichik biznes korxonalarida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish tizimlari.
Kichik korxonalarda BHAT yaratishda ShKdan keng foydalanish hisobchi-ning ish joyida axborotlarni ishlab chiqish, saqlash va uzatish bo’yicha barcha tadbirlarni avtomatlashtirishga imkon beradi.
Bunday BHATni yaratishda bir necha yondoshishlar mavjud. Bu oddiy va unchalik rivojlanmagan tuzilmaga ega kichik korxonalar boshqaruv tizimini alohida tizimcha sifatida olib borishni talab qilmaydi.

Yüklə 19,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin