Birinchi yondashishda faqat moliyaviy hisobni avtomatlashtiruvchi tizim yaratiladi. Bunday BHAT — mini-hisobxonalar sinfiga kiradi. Qoidaga ko’ra bu tizimda buxgalteriya hisobi bitta odam — hisobchi tomonidan olib boriladi.
Ikkinchi yondashishda moliyaviy hisobdan tashqari qisman boshqaruv tizimi ham har tomonlama avtomatlashtiriladi. Bu holda buxgalteriya hisobini ikkita odam: hisobchi va uning yordamchisi yoki kirishni cheklash yo’li bilan bitta ish joyida, yoki ikkita ish joylarida olib boriladi.
Moliyaviy va boshqaruv hisobini zamonaviy kompyuter texnologiyalari asosida avtomatlashtirish uchinchi yondashishda erishiladi. Bunday tizimda ishlab chiqilayotgan axborotlarning katta hajmlarida ko’p foydalanuvchanlik usulidan foydalaniladi. Unda bir necha ShKlar mahalliy tarmoqqa birlashtiriladi. ShKning har biri esa hisobchining alohida ish joyi sifatida ko’rib chiqiladi.
Boshqaruv hisobining moduli tovar-moddiy boyliklari va arzon hamda tez eskiruvchan mollarning hisobi, tayyor mahsulotlar (savdo korxonalari uchun-tovarlar)ning hisobi, ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar bo’limlari uchun so’mdagi va miqdoriy aks ettirilgandagi hisobni olib borishga imkon beradi. Bu bo’limlarning majmuasini foydalanuvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o’zgartirish mumkin.
Moliyaviy hisobning moduli buxgalteriya hisobining barcha schetlari bo’yicha hisob olib borishga imkon beradi. Tahliliy registrlar (birlamchi hujjatlarning qayd daftari, xo’jalik operatsiyalarining qayd daftari) va yakuniy hisob registrlari (asosiy kitob, aylanma qaydnomalar) uning asosiy hisob registrlaridan bo’ladi.
Oddiy ma'lumotnomalar andozaviy tuzilishga ega: kod, nom, qo’shimcha alomatlar (hujjatning nomi, o’lchov birligi, schyot bo’yicha xizmatlar, harakat operatsiyalari).
Murakkab ma'lumotnomalar o’z ichiga ma'lumotlarning kiritilganligining ikkita va undan ortiq bosqichlarini oladi. U yozuvlarning katta miqdorini ekranda joylashtirib bo’lmaydigan katta hajmli ma'lumotnomalar bilan ishlash uchun mo’ljallangan.
Sintetik hisobning registrlari — bu sintetik hisobning andozaviy qaydnomalari, ularni shakllantirish usulini o’zgartirish mumkin emas.
Yakuniy hisobning registrlari — schyotlar bo’yicha yakuniy aylanma qaydnomalar, ularni alohida schyotlar bo’yicha yoki hisobot davri uchun barcha Schyotlar bo’yicha qoldiqlar va aylanmalar ko’chiriladi va umumlashtiriladi.