93
BUXGALTERIYA HISOBINING MILLIY STANDARTI
To’rayeva Gulizahro
Guliston davlat universiteti ,,Iqtisodiyot’’kafedrasi o;qituvchisi
Ko’chinboyeva Gulmira
Axmedova Madinabonu
Narzullayeva Nurjahon
Maxmanazarova Mehriniso
Guliston Davlat Universiteti “DO’YQT” yo’nalishi talabalari
Annotatsiya:
Maqolada O‘zbekistonda biznes sub’ektlarida
buxgalteriya
hisobini yuritishning amaldagi tartiblari ular faoliyatini haqqoniy aks ettirish,
biznesning potensial qiymatini baholash, muhim, sifatli
boshqaruv qarorlarini qabul
qilishda qator tarixiy rivojlanish tendensiyalari kabi muammolar tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
Biznes, moliya ,tadbirkorlik foydasi, asosiy o‘lchagich, muhimlik
moliyaviy hisobotda, offsetting, mol-mulk.
Kirish.
Ma’lumki, biznes bozor iqtisodiyotidagi asosiy mashg‘ulotlardan biri bo‘lib,
jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish manbai hisoblanadi. U ishlab chiqarish,
tijorat, konsalting, bank va boshqa faoliyat sohalarini qamrab oladi.
Xodimlar soni,
ishlab chiqarish hajmi va faoliyat sharoitlariga ko‘ra kichik, o‘rta va yirik korxonalar
farqlanadi. Biznesning eng keng tarqalgan turi kichik biznesdir: odatda, u bir hil
mahsulot ishlab chiqaradigan va bozorda kichik ulushni egallagan kichik korxonadir.
Muxokama va natijalar
.
Moliyaning muhim elementi sifatida resurslarni taqsimlash kategoriya
hisoblanadi. Bu kategoriya qadimiydir va insoniyat jamiyatining paydo bo‘lishidan beri
mavjud. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini
tashkil etish va yuritish
normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solingan bo‘lib, u maqsad va holatiga qarab
to‘rt darajadan iborat.1- chi daraja: Qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari va hukumat qarorlari. Bular: 30.08.1996
yildagi
"Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida" gi Qonuni va 13.04.2016 yildagi 404-sonli yangi
tahrirdagi Qonun qabul qilindi; O‘zbekiston Respublikasining
Fuqarolik kodeksi; va
boshqa qonunlar; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
24.08.1994 yildagi "O‘zbekiston Respublikasining xalqaro amaliyotda qabul qilingan
buxgalteriya hisobi va statistika tizimiga o‘tish davlat dasturi to‘g‘risida"gi 433-i-sonli
qarori (24.05.1996 y.dagi 193- sonli qarorining yangi tahriri) va boshqalar.
94
2-chi daraja: Buxgalteriya hisobi qoidalarini ifodalovchi buxgalteriya
standartlari, masalan, BHMS-1 — "Hisob siyosati va moliyaviy hisobot "(O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 avgustdagi 474-son
bilan
ro‘yxatga olingan), BHMS-12 - "Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish"
(O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 16 yanvardagi 596-son
bilan ro‘yxatga olingan) va boshqalar. Hozirgi kunda 23 ta BHMS ishlab chiqilgan.
3- chi daraja: Yo‘riqnoma va uslubiy ko‘rsatmalar: O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining, tarmoq vazirliklari va idoralarining yo‘riqnomalari, me’yoriy
hujjatlar.
4- chi daraja: Tashkilotning ichki hujjatlari: hisob siyosati; hisobning ish rejasi;
hisobni yuritish axborotini qayta ishlash texnologiyalari va boshqalar. Barcha to‘rt
darajasi buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish bo‘yicha umumiy o‘zaro bog‘liq
tizimini tashkil etadi.
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik hisobining ajralmas qismi hisoblanadi.