- samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
- moliyaviy soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iborat.
Shuningdek, buxgalteriya hisobi korxona xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish, xo‘jalik faoliyatida salbiy holatlarning oldini olish va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydigan ichki xo‘jalik imkoniyatlarini topishni ta’minlashi zarur
Buxgalteriya hisobining birinchi vazifasi korxona rahbarlari, ta’sischilari, ishtirokchilari va mulkdorlari, investorlar, kreditorlar, xaridorlar va boshqa axborotdan foydalanuvchilar manfaatlaridan kelib chiqadi. Buxgalteriya axborotlari to‘liq va ishonchli bo‘lishi, ya’ni foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risida, uning mulklari, majburiyatlari, faoliyat natijalari to‘g‘risida barcha zarur axborotlarni taqdim qilishi, demak, korxona ma’muriyati va boshqa axborotdan foydalanuvchilar uchun foydali bo‘lishi lozim.
Ikkinchi vazifaning mazmuni shundan iboratki, buxgalteriya hisobi tizimida korxona moliya-xo‘jalik faoliyati faktlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mosligi ustidan nazorat o‘rnatish uchun ma’lumotlarni shakllantirish zarur. Bunday axborotlar xo‘jalik operatsiyalarining maqsadga muvofiqligini, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishni tasdiqlashi lozim.
Uchinchi vazifa korxona xo‘jalik faoliyatini boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan. Shu bilan birga, shartnomalarning bajarilishini, tejamkorlikka rioya qilishni va mulkning saqlanishini ta’minlashni nazorat qilish ham hisobning vazifasiga kiradi.
Axborot funksiyasi Uzviy aloqa funksiyasi Nazorat funksiyasi Tahlil funksiyasi Mulkni butligini saqlash funksiyasi Tarbiyaviy funksiyasi Buxgalteriya hisobining funksiyalari
Axborot (boshqaruv tizimini axborot bilan ta’minlash) funksiyasi. Buxgalteriya hisobining boshqaruv tizimi va bozor munosabatlarini rivojlantirishdagi asosiy funksiyalaridan biri axborot bilan ta’minlash funksiyasi hisoblanadi.
Nazorat funksiyasi – iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini erkinlashtirish, turli mulkchilik shakllarining mavjudligi sharoitlarida buxgalteriya hisobining nazorat qilish funksiyasi kuchaymoqda.
Mulkning saqlanishini ta’minlash funksiyasi. Bu funksiya buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish va uning nazorat funksiyasini kuchaytirish bilan chambarchas bog‘liq.
Uzviy aloqa funksiyasi. Buxgalteriya hisobining uzviy aloqa funksiyasi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, busiz boshqaruv tizimining faoliyati ma’nosini yo‘qotadi.