Quyosh – buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyatini yoritadi, Tarozi – balans, ya’ni muvozanat, tenglik ramzi, Bernulli egri chizig‘i – hisob insoniyat tarixining ibtidosidayoq paydo bo‘lib, to yerda hayot bor ekan mangu qolishini bildiradi. Science – fan,
Conscience – ishonch, Independance – mustaqillik
Ishonchlilik. Avvalo, buxgalterlar tomonidan ilmiy, nazariy bilimlarning amaliyotda vijdonan qo‘llanilishi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi. Buxgalterlik amaliyotida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot ma’lumotlari ishonchli, ya’ni haqqoniy holatni aks ettiradigan bo‘lishi lozim. Aks holda buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishiga olib kelishi mumkin.

Qiyoslanuvchanlik, aniqrog‘i ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi. Keng ma’noda, qiyoslash tushunchasining falsafiy-gnoseologik mazmuni A.Eynshteynning «Nisbiylik nazariyasi» bilan ham bog‘liq. Qiyoslash biror bir buyum, hodisa yoki voqeani boshqasi bilan qiyoslaganda undagi miqdor va sifat o‘zgarishini tavsiflash uchun zarur. Ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi printsipi, birinchidan, korxona faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning boshqa korxonalar faoliyati to‘g‘risidagi o‘xshash axborotlar bilan qiyoslanuvchanligini bildiradi. Qolaversa, muayyan korxonada qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi metodlarida izchillik saqlanishi va shu bilan birga uning bir qancha hisobot davrlaridagi faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning qiyoslanuvchanligini ham ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobining yuqorida ko‘rib chiqilgan prinsiplari(1.8), talablari(1.7) va yuritish usullari uning metodologik asosini tashkil etib, tegishli obyektlarga nisbatan qo‘llaniladi. Uning negizini buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS), boshqa normativ hujjatlar va metodik ko‘rsatmalar tashkil etadi.